info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Ekofaol talabalar

“Tabiatni asraylik” mavzusida bayramona tadbir tashkil etildi

Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari D. Xudayqulova, G. Odilova, M. Jo‘raboyeva tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan “Tabiatni asraylik” mavzusidagi bayramona tadbir o‘tkazildi.

17 апрел 2025 Ekofaol talabalar 1 marta ko‘rilgan
“Tabiatni asraylik” mavzusida bayramona tadbir tashkil etildi 17 апр

Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari D. Xudayqulova, G. Odilova, M. Jo‘raboyeva tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan “Tabiatni asraylik” mavzusidagi bayramona tadbir o‘tkazildi.




 

Tadbir Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining “Tabiat bilan tanishtirish metodikasi” fanidan tayyorlagan mustaqil ta’lim ishlari asosida tashkil etildi.

Tadbirni Pedagogika fakulteti dekani Z. Abdullayev ochib berib, 2025-yilning “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilingani, hamda yangi tahrirdagi Konstitutsiyada tabiatga munosabat va resurslardan oqilona foydalanishga doir moddalarning ahamiyatiga to‘xtaldi.

Tadbir davomida:

Talabalar tomonidan ekologik sahna ko‘rinishlari, bolalar raqslari, kuy-qo‘shiqlar,

“Tabiat bilan tanishtirish asoslari” va “Ekologiya” mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha namoyishlar,

Fanga oid ta’limiy o‘yinlar o‘tkazildi.

Tadbirda talabalar o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini ijodiy yondashuv asosida namoyish etdi. Ustoz va mehmonlar ishtirokida o‘tgan tadbir barchada katta qiziqish uyg‘otdi va Konstitutsiya ruhida ekologik tarbiyani targ‘ib qilishga xizmat qildi.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi