Namangan davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Namangan viloyat Kengashi raisi va rais o‘rinbosarlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy Kengash deputatlari, institut rahbariyati hamda talaba-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida:
Yoshlarning dolzarb muammolari,
Orzu-intilishlari,
Taklif va tashabbuslari yuzasidan ochiq va samimiy muloqot olib borildi.
Partiya vakillari yoshlar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, ularning fikr-mulohazalari va g‘oyalarini tingladi, qator takliflar yozib olindi.
Shuningdek, muloqot jarayonida:
Ekologik tafakkur,
Sog‘lom turmush tarzi,
Tabiatni asrash kabi masalalar muhim mavzu sifatida muhokama qilindi.
Namangan davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari ekologik muammolarga befarq emas! Ular o‘z g‘oyalari, takliflari va ijtimoiy faolligi bilan kelajak uchun mas’uliyatni his etmoqda.
❮ ❯