info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Talabalar turar joyi faoliyati

“BIR HAFTADA – BIR KITOB” LOYIHASI TALABALAR TURAR JOYIDA DAVOM ETMOQDA

Namangan davlat pedagogika instituti Talabalar turar joyida "Bir haftada - bir kitob" loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

10 май 2026 Talabalar turar joyi faoliyati 1 marta ko‘rilgan
“BIR HAFTADA – BIR KITOB” LOYIHASI TALABALAR TURAR JOYIDA DAVOM ETMOQDA 10 май

Namangan davlat pedagogika instituti Talabalar turar joyida "Bir haftada - bir kitob" loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.




 

Mazkur uchrashuvda Aniq va tabiiy fanlar tyutori O. Madaminova, Pedagogika fakulteti tyutori L. Xonto‘rayeva, Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti M.Qoriyev  hamda TTJ kutubxonachisi M.Anbarova  ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida talaba-yoshlar bilan kitobxonlik madaniyati, mutolaaning shaxs kamolotidagi o‘rni va ahamiyati haqida samimiy suhbat olib borildi. M.Qoriyev tomonidan talabalarga badiiy kitoblar sovg‘a qilinishi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbirda kitoblar yuzasidan fikr almashish va mantiqiy savol-javoblar ham tashkil etildi. Mazkur loyiha yoshlarni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning tafakkurini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi