info@namspi.uz +998 69 211-10-97
4+2 amaliyoti

BIBIONA ZIYORATGOHIGA ILMIY-AMALIY TASHRIF AMALGA OSHIRILDI

Namangan davlat pedagogika instituti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari Tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari M.Qoriyev hamda S.Abduraxmanovlar rahbarligida Chust tumanida joylashgan Bibiona ziyoratgohiga ilmiy-amaliy tashrif buyurdilar.

29 апрел 2026 4+2 amaliyoti 1 marta ko‘rilgan
BIBIONA ZIYORATGOHIGA ILMIY-AMALIY TASHRIF AMALGA OSHIRILDI 29 апр

Namangan davlat pedagogika instituti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari Tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari M.Qoriyev hamda S.Abduraxmanovlar rahbarligida Chust tumanida joylashgan Bibiona ziyoratgohiga ilmiy-amaliy tashrif buyurdilar.




 

Bibi-ona ziyoratgohi nafaqat muqaddas qadamjo, balki bronza davriga oid noyob arxeologik yodgorlik sifatida ham alohida ilmiy ahamiyatga ega. U “Chust madaniyati” doirasida shakllangan qadimiy sivilizatsiya izlarini o‘zida mujassam etgani bilan tarix, arxeologiya va turizm nuqtai nazaridan muhim manzil sifatida e’tirof etiladi.

Tashrif davomida talabalar viloyatimizdagi muqaddas qadamjolar, ziyorat turizmi salohiyati, milliy va madaniy meros obyektlari haqidagi bilimlarini yanada mustahkamladilar. Shuningdek, tarixiy maskanni bevosita kuzatish orqali nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish imkoniga ega bo‘ldilar.


 

❮ ❯

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi