info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Grandlar va tanlovlar

“Olima ayollar” ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar tanlovida ishtirok eting!

Tanlov xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi real muammolarga innovatsion yechimlar topishni maqsad qilgan.

19 март 2026 Grandlar va tanlovlar 3 marta ko‘rilgan
“Olima ayollar” ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar tanlovida ishtirok eting! 19 мар

Tanlov xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi real muammolarga innovatsion yechimlar topishni maqsad qilgan.


“Olima ayollar” ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar tanlovida ishtirok eting!


Saralash natijasida 18 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan loyihalar moliyalashtiriladi.

Taqdim etiladigan loyihalarning ijro muddati 1 yilgacha, umumiy qiymati esa 2000 BHMdan oshmasligi lozim.

Shuningdek, ilmiy jamoaning o‘rtacha yoshi, qoida tariqasida, 45 yoshdan oshmasligi lozim.

Loyiha talabnomalari 2026-yil 17-aprel soat 23:55 ga qadar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi — loyiha.ilmiy.uz orqali faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Arizalar ScienceID identifikatsiyasiga ega loyiha rahbarlari tomonidan yuborilishi va ijrochi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanishi shart.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun +99871 203-32-23 (ichki: 211, 219, 413, 425, 246) raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

🌐Batafsil (https://gov.uz/oz/innovation/contest/view/143651)


S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi