Ayni damda Buxoro davlat texnika universitetida "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm va innovatsiya: oliy taʼlim muassasalarining roli va vazifalari" mavzusida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar uchun respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur seminar mamlakatimizda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, oliy taʼlim muassasalarining hududlar taraqqiyotidagi o‘rnini yanada mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan integratsiyalash hamda innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan.
Ushbu nufuzli seminarda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Javoxir Yuldashev ham ishtirok etmoqda.
Seminar doirasida ilg‘or tajribalar almashish, hududlar rivojiga xizmat qiluvchi innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan muhim muhokamalar olib borilmoqda.
Ilmiy faoliyat
Yangiliklar
Ilmiy anjumanlar
Buxoroda ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha respublika o‘quv-seminari boshlandi

04 авг