YUNESKO tashkiloti 2025-yil uchun Tabiiy fanlar sohasidagi YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti tanlovini e’lon qildi. Ushbu mukofotning asosiy maqsadi YUNESKOga a’zo davlatlarda inson hayotini yaxshilashga sezilarli hissa qo‘shgan ilmiy tadqiqot loyihalari va faoliyatlarni rag‘batlantirishdan iborat.
Mukofot miqdori: 300,000 AQSH dollari
G‘oliblar: Uch nafar tanlangan nomzod o‘rtasida teng taqsimlanadi
Mukofot: Diplom va esdalik sovg‘asi
Nomzodlarni tanlash:
Nomzodlar xalqaro hay’at bahosi va tavsiyasi asosida YUNESKO Bosh direktori tomonidan tanlanadi.
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish:
Rasmiy havola