info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Sport tadbirlari

“To‘maris izdoshlari” tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi

Namangan davlat pedagogika institutida talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” tanlovining institut bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

01 May 2026 Sport tadbirlari 108 views

Namangan davlat pedagogika institutida talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” tanlovining institut bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.




 

Mazkur tanlov talaba-qizlarda qat’iyat, iroda, shukronalik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularda Vatanga muhabbat, ilm-fanga sadoqat va yurt ravnaqiga daxldorlik hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Tanlov ko‘tarinki ruh, sog‘lom raqobat va yuksak tayyorgarlik asosida o‘tdi. Unda ishtirok etgan barcha jamoalar o‘zlarining faol chiqishlari, shijoati, mahorati hamda sahna madaniyati bilan tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldilar.

Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:

 1-o‘rin — Ijtimoiy fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabalari jamoasi “Jasorat to‘lqini” jamoasi
 2-o‘rin — Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishining “Sadoqat qanotlari” jamoasi
 3-o‘rin — Ijtimoiy fanlar fakultetining kechki ta’lim shakli Ijtimoiy ish yo‘nalishining “Nafis go‘zallik” jamoasi

Tanlov g‘oliblari va barcha ishtirokchilar samimiy qutlanib, kelgusi bosqichlarda ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.


 

❮ ❯

Share this article
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter