info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Sport tadbirlari

Munosib ishtirok va e'tirof

“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi doirasida talabalar 4 ta muhim shart bo‘yicha o‘z mahorat va jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zaro kuchli raqobat olib borib, jamoaviy hamjihatlik, matonat va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.

08 April 2026 Sport tadbirlari 65 views




 

“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi doirasida talabalar 4 ta muhim shart bo‘yicha o‘z mahorat va jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zaro kuchli raqobat olib borib, jamoaviy hamjihatlik, matonat va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
1-o‘rin – Ijtimoiy fanlar fakulteti “Alpomishlar” jamoasi
2-o‘rin – Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Amir Temur qalqonlari” jamoasi
3-o‘rin – Pedagogika fakulteti "Lochinlar” jamoasi

G‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlanib, ularning fidoyiligi va sportga bo‘lgan qiziqishi alohida e’tirof etildi.

Ma’lumot uchun, musobaqa 3 bosqichda tashkil etilib, uning birinchi – institut bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa keyingi hududiy saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.


 

❮ ❯

Share this article
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter