info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
News

"Yil o‘qituvchisi" tanlovining uchinchi bosqich sinovlariga bo'lib o'tmoqda

Ayni paytda Sirdaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida respublika miqyosida o'tkazilayotgan "Yil o‘qituvchisi" tanlovining uchinchi bosqich sinovlari yuqori saviyada davom etmoqda.

29 July 2026 News 215 views

📌Ayni paytda Sirdaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida respublika miqyosida o'tkazilayotgan "Yil o‘qituvchisi" tanlovining uchinchi bosqich sinovlari yuqori saviyada davom etmoqda.
Tanlovning ushbu bosqichida yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan ilg‘or va tajribali pedagoglar o‘zlarining kasbiy mahorati, zamonaviy pedagogik yondashuvlari hamda innovatsion tajribalarini namoyish etmoqda.

📌Mazkur nufuzli tanlovda Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori A. Isoqboyev ham hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etmoqda. 
Ushbu tanlov pedagoglarning kasbiy salohiyatini namoyon etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim maydonlardan biri hisoblanadi.

Share this article
BAXTIYOR YULDASHEV
Maqola muallifi

BAXTIYOR YULDASHEV

Markaz boshlig'i · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter