info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
News

Institutga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish bo‘yicha tanlovga qadar suhbat o‘tkazilmoqda

Suhbat davomida nomzodlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari, pedagogik mahorati, mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarligi, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish salohiyati hamda ilmiy-pedagogik faoliyatga doir qarashlari o‘rganilmoqda.

21 August 2026 News 232 views

Namangan davlat pedagogika institutida pedagog xodimlarni ishga qabul qilish bo‘yicha tanlovga qadar suhbat jarayonlari o‘tkazilmoqda.

Suhbat davomida nomzodlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari, pedagogik mahorati, mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarligi, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish salohiyati hamda ilmiy-pedagogik faoliyatga doir qarashlari o‘rganilmoqda.

 

Shuningdek, ularning ta’lim sifatini oshirish, ilmiy faoliyatni rivojlantirish, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish borasidagi taklif va tashabbuslariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Suhbat jarayonlari belgilangan tartib va mezonlar asosida, ochiqlik, xolislik hamda munosib nomzodlarni saralash tamoyillariga muvofiq tashkil etilmoqda.

Share this article
BAXTIYOR YULDASHEV
Maqola muallifi

BAXTIYOR YULDASHEV

Markaz boshlig'i · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter