info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
News

TALABALAR IJARA XONADONIGA TASHRIF

Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlari A. Aliqulov, R. Hakimbekov va A. Bustonov tomonidan o‘zlariga biriktirilgan Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari istiqomat qilayotgan ijara xonadonlari o‘rganildi.

05 October 2026 News 96 views

Tashrif davomida talabalarning yashash sharoiti, xavfsizligi, ta’lim olishi, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi, shuningdek, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning kundalik hayoti, ta’lim jarayonidagi faolligi, yashash sharoitlari hamda mavjud muammo va takliflari o‘rganildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Bunday tashriflar talabalarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim olishi va yashashi uchun qulay sharoitlarni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Talabalar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Source: https://t.me/namspii

Share this article
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter