info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
News

JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH — BARCHAMIZNING VAZIFAMIZ

Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida profilaktik suhbat tashkil etildi.

07 October 2026 News 76 views

Suhbat davomida institut profilaktika inspektori S. Ahmadjonov tomonidan talabalarga qonun va belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish, turli huquqbuzarlik va jinoyatlarga aralashib qolmaslik, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda atrofdagi salbiy ta’sirlardan o‘zlarini asrash bo‘yicha zarur tushunchalar berildi.

Shuningdek, yoshlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari, ularning salbiy oqibatlari hamda qonun oldidagi javobgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Profilaktik suhbat davomida talabalarga har qanday nizoli va muammoli vaziyatlarda qonuniy yo‘l tutish, o‘z huquq va majburiyatlarini bilish hamda zarur hollarda mas’ul xodimlarga murojaat qilish tavsiya etildi.

Source: https://t.me/namspii

Share this article
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter