info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
News

ADIBLAR XIYOBONIGA MA’NAVIY TASHRIF

Yoshlar kuni doirasida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida Ijtimoiy fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-bosqich talabalari tomonidan Namangan shahridagi Adiblar xiyoboniga ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi.

08 October 2026 News 39 views

Tashrif davomida talabalar o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandalari hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishib, adabiyotimiz rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ijodkorlar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Adiblar xiyoboni — yosh avlodni ilmga, kitobga, ma’rifatga va milliy qadriyatlarga chorlovchi muhim ma’naviyat maskanidir.

Bunday tashriflar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda milliy adabiyotimizning boy merosini chuqurroq o‘rganishida muhim ahamiyat kasb etadi.
 
Source: https://t.me/namspii

Share this article
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter