info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
News

“QATAG‘ON QURBONLARI” — TARIX SABOQLARI UNUTILMAYDI

Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD A.Raxmatillo, shuningdek, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlari T. Ismanov va A. Inomjonovlar hamkorligida talabalar ishtirokida “Qatag‘on qurbonlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

08 October 2026 News 38 views


Davra suhbati davomida yurtimiz tarixining eng murakkab va og‘riqli davrlaridan biri bo‘lgan qatag‘on siyosati, uning mudhish oqibatlari, begunoh insonlarning taqdiri hamda milliy ozodlik va istiqlol yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimiz haqida fikr almashildi.

Tadbir davomida yoshlarga tarixiy xotirani asrash, ajdodlarimiz hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishning ahamiyati tushuntirildi.

Tarix — xotira. Xotira esa millatning ma’naviy tayanchidir!

 

Source: https://t.me/namspii

Share this article
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter