info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
News

GIYOHVANDLIK VA PSIXOTROP MODDALAR TARQALISHINING OLDINI OLISH — MUHIM VAZIFA

Yoshlar kuni doirasida Pedagogika fakulteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari S. Dadaboyev boshchiligida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlari M. Boytullayev, B. Maxsudov hamda M. Sharipovlar ishtirokida talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.

08 October 2026 News 62 views

Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalardan foydalanishning oldini olish, ularning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri, shuningdek, bunday illatlardan yoshlarni asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat jarayonida talaba-yoshlarga turli zararli odatlarga berilmaslik, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, sport va foydali mashg‘ulotlarga faol jalb etilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, yoshlarning huquqiy va tibbiy savodxonligini oshirish, giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish, bu boradagi qonuniy talablar haqida tushuntirishlar olib borildi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Bunday profilaktik tadbirlar yosh avlodni turli zararli illatlardan himoya qilish, ularning sog‘lom va farovon hayot kechirishiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 
Source: https://t.me/namspii

Share this article
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter