info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Student Life News

IS GAZIDAN ZAHARLANISHNING OLDINI OLISH BO‘YICHA PROFILAKTIK TADBIRLAR O‘TKAZILMOQDA

Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi tyutorlari Y. Odilova hamda L. Nuraliyevalar tomonidan ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalar yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.

10 October 2026 News 71 views

Monitoring davomida kuz-qish mavsumida is gazidan zaharlanish, yong‘in va boshqa noxush holatlarning oldini olish, talabalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talabalarga isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, gaz jihozlarining sozligini muntazam tekshirib borish, xonalarni shamollatish hamda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan tushuntirish va profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Talabalar xavfsizligi va salomatligini ta’minlash doimiy e’tiborda!

 

Source: https://t.me/namspii

Share this article
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter