info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
News

TURIZM VA MEHMONDO‘STLIK YO‘NALISHI TALABALARI UCHUN AMALIY O‘QUV MASHG‘ULOTI TASHKIL ETILDI

Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi TM-25-guruh talabalari uchun kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida navbatdagi amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

10 October 2026 News 151 views

Institut professor-o‘qituvchilari S. Siddiqov va M. Nazarova hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi tyutori X. Abduroxmonov boshchiligida talabalar Asonalar vodiysida joylashgan “ZEYD HOTEL” mehmonxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mashg‘ulot davomida mehmonxona faoliyatini tashkil etish, turistlarga xizmat ko‘rsatish, mehmondo‘stlik madaniyati hamda turizm sohasida zamonaviy xizmat ko‘rsatish standartlari yuzasidan amaliy bilimlar berildi.

Bunday amaliy mashg‘ulotlar talabalarning nazariy bilimlarini real ish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va kelajakdagi faoliyatiga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Source: https://t.me/namspii

Share this article
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter