info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
News

TALABALAR O‘RTASIDA KIYINISH MADANIYATI, SALOMLASHISH ODOBI VA ICHKI TARTIB-INTIZOM

Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida kiyinish madaniyatini shakllantirish, salomlashish odobiga rioya etish hamda ichki tartib-intizomni mustahkamlash maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

15 October 2026 News 69 views

Davra suhbati davomida talabalarga kiyinish madaniyati, ozodalik va tashqi ko‘rinishga e’tibor berish, oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga muvofiq kiyinishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, salomlashish odobi, kattalarga hurmat, tengdoshlar bilan muomala madaniyati va jamoat joylarida o‘zini tutish qoidalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Kiyinish va muomala madaniyati insonning odobi, dunyoqarashi va ma’naviy qiyofasini namoyon etuvchi muhim jihatlardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Suhbat yakunida talabalarning savollari tinglanib, ularni institutning ichki tartib-intizomiga qat’iy rioya qilish, o‘zaro hurmat va yuksak muomala madaniyatini shakllantirishga chaqirildi.

 

Source: https://t.me/namspii

Share this article
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter