Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
10.10.2024 09:34:24 39
Fakultet dekani: Аbdullayev Toʼlqinali Usmonovich
email: uub@namspi.uz
Telegram: @abdullayevtulqinjon
- Aniq va tabiiy fanlar fakulteti – Namangan davlat pedagogika institutining O‘quv-ilmiy va ma’muriy tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi, Fakultetda Aniq fanlar(60110600-Matematika va informatika, 60110700-Fizika va astronomiya, 60112300-Texnologik ta’lim), Tabiiy fanlar(60110800-Kimyo, 60111000-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari, 60110900-Biologiya) va ART(60111200-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 60111300-Musiqa ta’limi) kafedralarining o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma‘naviy ma‘rifiy ishlarini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.
- Fakultet, odatda o‘z tarkibiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari)ga taaluqli kafedralar shuningdek oliy ta’lim muassasasi tarkibidagi, faoliyat mazmuni bo‘yicha fakultet ixtisosligiga mos bo‘lgan kafedralarni birlashtiradi.
- Oliy ta’lim muassasasining fakulteti ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida yirik korxona va muassasalar qoshida, shuningdek belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma asosida xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ham tashkil etilishi mumkin.
- Fakultet kadrlar tayyorlash jarayonini ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi, kechki) holda amalga oshiradi, kadrlar istemolchilari talablari va soha xususiyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida fakultet tarkibida yangi bo‘limlar tashkil etilishi mumkin.
- Fakultetni tashkil etish va boshqarish
- Fakultet oliy ta’lim muassasasi Kengashining tavsiyasi asosida oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda rektorning buyrug‘i bilan tashkil etiladi.
Fakultet ishiga rahbarlikni fakultet dekani amalga oshiradi. Fakultet dekani, Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan institut ilmiy darajali va dotsentlar safidan 5 yil muddatga tayinlanadi. Dekan lavozimi mustaqil shtat lavozimi hisoblanadi va uni o‘rindoshlik tartibida egallashga ruxsat etilmaydi.
- Fakultet dekani va uning muovini shtatlari Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv yordamchi xodimlarning na’munaviy shtatlari” ga muvofiq joriy etiladi.
Dekan muovinlari, aksariyat hollarda, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan shaxslar safidan, fakultet dekanining tavsiyasiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasasining rektori tomonidan tayinlanadi.
- Nizom bo‘yicha fakultet dekani oliy ta’lim muassasasi Kengashi va qabul komissiyasining a’zosi, shuningdek Davlat attestatsiya komissiyasi raisining muovini hisoblanadi.
- Fakultet dekani har yili oliy ta’lim muassasasi Kengashida o‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan o‘quv, ilmiy va ilmiy uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha xisobot beradi hamda fakultet faoliyatining natijalari bo‘yicha to‘la mas’uliyatni o‘ziga oladi.
- Fakultet faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqish uchun dekan raisligida fakultetning Kengashi tashkil etiladi.
III. Fakultet dekanining vazifalari
- 10. Fakultet dekani:
- fakultetda o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga bevosita rahbarlik qiladi;
- fakultetdagi mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha zarur normativ-huquqiy xujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi;
- oliy ta’lim muassasasi va fakultet Kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;
- fakultet boshqaruv kadrlari zaxirasini yaratish, tayyorlash va o‘qitishni amalga oshiradi;
- kasbiy etikani shakllantirish masalalariga kengroq e’tibor beradi, adolatli, fidoyi, vatanparvar va e’tiqodli yosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlaydi;
- o‘quv-tarbiyaviy jarayoni hamda talabalarning bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasi himoyasi va malakaviy amaliyotlari ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzishga rahbarlik qiladi, uning bajarilishini nazorat qiladi, talabalar davomati uchun ma’sul hisoblandi;
- talabalarning mustaqil ishi, shuningdek ularning bilimini reyting tizimi asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etadi;
- talabalarni kursdan-kursga o‘tkazish, talabalar safidan chetlatish, davlat attestatsiyasiga va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishga kiritish, akademik ta’til berish va stipendiya tayinlash to‘g‘risidagi buyruq loyihalarini tayyorlaydi, fakultetda xorijiy talabalar mavjud bo‘lgan hollarda, ular bilan ishlashni ta’lim muassasasining xalqaro bo‘limi bilan kelishilgan holda amalga oshiradi;
- talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etadi, iqtidorli talabalarni aniqlaydi, ularni tadqiqotlarga jalb etadi, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatadi, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratadi;
- iqtidorli talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomli stipendiyalar, “Iste’dod” jamg‘armalari, fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalar va boshqa tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni tashkil etadi;
- professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, alohida o‘rnak ko‘rsatganlarni turli tanlovlarda ishtirok etishlari uchun tavsiya etadi;
- fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari bo‘yicha, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ingliz tilini o‘rganish va komyuter savodxonligi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etadi;
- “Yilning eng yaxshi fakulteti” uchun o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovda fakultet ishtirokini tashkil etadi;
- fakultet Kengashiga rahbarlik qiladi, kafedralararo yig‘ilishlar, ilmiy-uslubiy konferensiyalarni (shu jumladan, xorijiy mutaxassislar ishtirokida) tashkil etadi;
- oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati va talabalar amaliyoti bo’limi bilan hamkorlikda korxona va muassasalarning fakultet chiqarayotgan malakali mutaxassislarga bo‘lgan extiyojini o‘rganadi, fakultetni tamomlaganlar bilan aloqa o‘rnatadi, ularning amaliy ishlari sifatini tahlil qiladi;
- pedagogik kadrlar, talabalar va ilmiy axborotlar bilan o‘zaro almashish maqsadida boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi;
- ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirishga javob beradi, byujetdan tashqari mablag‘larni topish va ulardan o‘quv maqsadlarida foydalanishni amalga oshiradi;
- fakultet ixtisosligi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarning malaka oshirishini tashkil etdi;
- ta’lim mazmunini mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari asosida shakllantiradi;
- ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatida ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillardan biri bo‘lgan axborot-resurs manba’lari bazasini kengaytirish choralarini ko‘radi;
- ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantiradi va istiqbol rejalarini tuzadi;
- talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga rahbarlik qiladi, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va hamda foydali mehnat bilan shug‘ullanishlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar tashkil etadi, talabalarni xar xil norasmiy oqimlarga qo‘shilib qolishlarining oldini oladi;
- talabalar orasida o‘quv intizomini yaxshilash, ular faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amaliyotga tadbiq qiladi;
- fakultet jamoasi va talabalari orasidagi rasmiy va norasmiy munosabatlarda o‘zaro ishonch va hurmat, samimiylik hamda mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantiradi;
- o‘quv-tarbiya tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etilishini nazorat qiladi;
- fakultet ilmiy-uslubiy Kengashi qoshida ustozlar tajribasini o‘rganish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor-o‘qituvchilarning hisobotlarini muhokama qilish bo‘yicha seminarlar tashkil etadi.
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani: dotsent T.Abdullayev.