English English English

Ijtimoiy fanlar fakulteti


  26.04.2025    |     502
NamDPI
Mutalov Saidakbar Xamidullo o‘g‘li
Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani  
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Qabul vaqti: har kuni soat 9:00-15:00
Telefon: +998 91 348 80 10
Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi
Namangan davlat universiteti
Mutaxassisligi
Filologiya: o‘zbek tili, Lingvistika: o‘zbek tili (2016, 2018)
Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi
-
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi
“Talabalarda liderlik qobiliyatini rivojlantirishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish” (2024-y.)
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi
Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
Ilmiy rahbarligi
magistr (3)
Nashr qilingan maqolalari
Jurnal /OAK-8, xorijiy-5.
Konferensiya /respublika-3, xalqaro-4
Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki
-
h indeksi
1
O‘quv fani
Tilshunoslik asoslari, Davlat tilida ish yuritish
O‘quv-uslubiy ishlari
darslik (1), o‘quv qo‘llanma (1)
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati
Namangan davlat pedagogika instituti huzuridagi  Ilmiy darajalar beruvchi  PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01 raqamli ilmiy kengash ilmiy kotibi, “Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati” a’zosi
Telegramm akkaunti
https://t.me/S_Mutalov
Rasmiy elektron pochtasi
e-mail: Saidakbarmutalov@gmail.com
Davlat mukofotlari
-
FAKULTET DEKANINING LAVOZIM VAZIFALARI:

· Fakultet dekanatining faoliyatini va xodimlarini umumiy boshqarish;
· Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni taʼminlash, o‘quv-uslubiy, ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat taʼlim standartlari, o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar bajarilishini taʼminlash;
· O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat.qilish, talabalarning o‘zlashtirishi va davomati tekshirib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish:
· Talabalarning kursdan kursga o‘tkazish to‘g‘risida buyruqlar loyihasini tayyorlash;
· Talabalarga stipendiya berilishi to‘g‘risidagi taqdimnomani tayyorlash;
· Talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
· Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash;
· Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish;
· Fakultet tarkibidagi taʼlim yo‘nalishlariga taalluqli darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;
· Yangi informatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng tatbiq etilishini, professor-o‘qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini taʼminlash;
· Fakultet Ilmiy Kengashini faoliyatini boshqarish;
· Ilmiy va ilmiy uslubiy konferensiyalar, kafedralararo yig‘ilishlar, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o‘z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va H.K.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish;
· Oliy taʼlim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha mavjud va istiqbol ehtiyojni o‘rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o‘rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;
· Turdosh oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
· Fakultet miqyosida mustaqil ravishda qo‘shimcha taʼlim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish (o‘z hisob raqamiga ega bo‘lgan alohida “Markaz”, “Kurs” va Sh.K.), grantlar, investitsiyalar jalb etish, bunda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalarining faol ishtirokini taʼminlash;
· Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish:
· Vakolati doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqish.