English English English

O‘zlashtirish

  19.02.2025 08:23:22    26





O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-sentyabrda 3069-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 2-dekabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholashdagi norozilik bo‘yicha apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish va talabalarning o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishini tartibga solish to‘g‘risida”gi 451-son hamda “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 452-son buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Namangan davlat pedagogika institutida talabalarni bilimini baholash uchun attestatsiya xaftaliklarini o‘tkazilishi amalga oshiriladi. Pedagogika, Ijtimoiy fanlar, Aniq va tabiiy fanlar fakultetlaridagi ta’lim yo‘nalishlari hamda Magistratura bo‘limidagi mutaxassisliklar kesimida talabalari uchun kuzgi semestr fanlaridan o‘tkaziladigan Yakuniy nazoratlar jadvali institut O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlanib amaliyotga joriy etiladi. 2024/2025 o‘quv yilining qishki semestr uchun ishlab chiqilgan yakuniy nazoratlar jadvaliga muvofiq bakalavriat yo‘nalishlari 1-2 kurs talabalari uchun 13 yanvardan 25 yanvarga qadar, 3-kurs bakalavriat hamda magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun esa 3 fevraldan 15 fevralga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yakuniy nazoratlarni tashkil etishda talabani tasdiqlovchi xujjat bilan nazoratga kiritish, sababsiz yakuniy nazoratga kelmagan talaba fan bo‘yicha akademik qarzdor bo‘lishi, nazorat davomida Nizom talablarini buzgan talaba yoki talabalar nazoratdan chetlashtirilishi va akademik qarzdor bo‘lishi, fan bo‘yicha auditori soatlarining 25 % dan ortiq qismini sababsiz o‘tkazib yuborgan talaba nazoratga kiritmasligi talabalarga yetkazilgan.
Institutda yakuniy nazoratlarni tashkil etish uchun Vazirlikning tegishli buyruqlarini asos qilib, Namangan davlat pedagogika instituti rektorining 2025 yil 10 yanvardagi 4-A/O sonli “Institutda talabalar bilimini nazorat qilish, baholash jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirish to‘g‘risida”gi ichki buyrug‘i ishlab chiqilgan. Buyruq ilovalari bilan Yakuniy nazoratlar belgilangan auditoriyalar va o‘tkazish bo‘yicha mas’ullar, Yakuniy nazorat savollarini ekspertizadan o‘tkazuvchi, Yakuniy nazoratlarni o‘tkazuvchi hamda tekshiruvchi guruhlar tarkibi shakllantirilgan. Yakuniy nazoratlar natijalariga ko‘ra baholar bo‘yicha e’tiroz yoki shikoyat arizalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Appelatsiya komissiya tarkibi tuzilgan.