English English English

Dars jadvali

  19.02.2025 08:19:24    63





O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi 824-son "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan institutda o‘quv jarayonlari tashkillashtirilgan.

O‘quv yilining davomiyligi 52 hafta bo‘lib, undan 30 hafta akademik davrga, 1 hafta fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish, 6 hafta attestatsiya, 4 xafta malaka amaliyotlarini o‘tash jarayonlariga va 11 xafta ta’til uchun ajratiladi. O‘quv yilining davomiyligi o‘quv jarayoni grafigiga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin. Institutda o‘quv jarayonlari kunduzgi, kechki va sirtqi shaklda olib boriladi.

O‘quv jarayonida fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish dars jadvali asosida amalga oshiriladi. 2024/2025 o‘quv yilida kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shaklidagi jami 334 ta akademik guruxlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari jadvallari o‘quv auditoriyalarda belgilangan xafta kuni va soati hamda juftlikda tegishli professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. Kunduzi ta’limda talabalar 1 va 2 smenalarda o‘quv mashg‘ulotlarini soat 8:30 da boshlab, soat 17:20 ga qadar davom etadi. Kechki ta’lim soat 17:30 da boshlanib, soat 20:20 da yakunlanadi.

Institutda o‘quv yilining har semestr boshida dars jadvali tuziladi va semestr davomida jadvalga o‘zgartirishlar kiritish mumkin.