English English English

Iqtidorli talabalar

  28.02.2026 16:04:43    12


2023-2026-yilllarda Namangan davlat pedagogika instituti iqtidorli talablarining ilmiy hamda innovatsion sohada erishgan yutuqlari va

natijalari to‘g‘risida

MA’LUMOT




2023-2024-o‘quv yili

2023-2024-o‘quv yilida Namangan davlat pedagogika instituti talabalarining 2 nafari O’zbekiston Respublikasi Prezident granti hamda 1 nafari Islom Karimov nomidagi nomdor davlat stipendiyasi sohiblari bo’lishgan.

Prezident granti: Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi talabalari Abdumutalipova Shahrizoda, Axmadaliyeva Madinabonu

Islom Karimov nomidagi nomdor davlat stipendiyasi: Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi talabasi Sadriddinova Farangiz Barkamol qizi

“Mirzo Ulug’bek vorislari” tanlovi bo’yicha 2024-yil tuman-shahar bosqichlarida institutimizning jami 17 nafar iqtidorli talabalari o‘zlarining ilmiy-innovatsion loyiha va g‘oyalari bilan munosib ishtirok etishdi. Tanlov yakunida eng yuqori ko‘rsatkich bilan tumanlarda 4 nafar (Yangiqo’rg’on, Norin, Farg’ona tumani va Namangan shahridan 1 nafardan), viloyat bosqichida 3 nafar talabalar g’oliblikni qo’lga kiritib, Respublika bosqichida ishtirok etishdi hamda umumiy miqdorda 16.5 mln so‘m pul mukofotini jamg‘arishdi.

Ishtirokchilar:

Toshmatova Madina Kadirovna - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo'nalishi talabasi – “Inkluziv doska” loyihasi bilan ishtirok etib, Farg’ona tuman va Farg’ona viloyat bosqichi g’olibi;

O’rmonjonov Azizbek Muhammadjon o’g’li – Mustiqa ta’limi mutaxassisligi magistranti – “Musiqa ta’limiga innovatsion yondashuv” loyihasi bilan ishtirok etib, Norin tuman va Namangan viloyat bosqichi g’olibi;

Adashaliyeva Mehribonu Mirzoxid qizi – Maxsus pedagogika: logopediya yo’nalishi talabasi – “Logopedik o’yinlar dasturi” loyihasi bilan ishtirok etib, Namangan shahar va Namangan viloyat bosqichi g’olibi;

Mamadjonov Muhammadali Xalimboy o’g’li – Texnologik ta’lim yo’nalishi talabasi – “Neyron” aqilli robot loyihasi bilan ishtirok etib, Yangiqo’rg’on tuman bosqichi g’olibi;

Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi talabasi Nabixonova Masturaxon "Islohotlar bilimdoni" tanlovining Respublika bosqichi "Eng faol islohotlar targ'ibotchi" nominatsiyasida 3-o'rinni egalladi, Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi talabasi  Abdumutalipova Shaxrizoda "Yoshlarni ekstremizm va terrorizm tahdidlaridan ogoh etish"ga bag'ishlangan "Eng yaxshi infografika" ko'rik tanlovining 3-o'rinni, Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabasi Kamolova Odina “Eng yaxshi fotoslayd” ko'rik tanlovida 3-o'rinni egalladi.

 

Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi talabasi Toshmatova Madinaxon Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "Youth Sail" dasturi asosida 2024-yil 12-20-iyul kunlari Germaniyada tashkil etilgan oʻquv-seminarida ishtirok etdi.

Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi talabasi Toshmatova Madinaxon Rossiya davlatining Moskva shahri "Skolkovo" texnoparkida bo'lib o'tgan "Узнай Россию" o'quv va ekskursiya dasturida ishtirok etdi.

 

2024-2025-o‘quv yili

2024-2025-o‘quv yilida Namangan davlat pedagogika instituti talabalarining 2 nafari Navoiy hamda 1 nafari Islom Karimov nomidagi nomdor davlat stipendiyasi sohiblari bo’lishgan.

Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sovrindori: Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi talabasi Aliyeva Matluba Jakbaraliyevna

Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari: Xorijiy til va adabiyoti yo'nalishi talabasi Toshmatova Madina Kadirovna, Xorijiy til va adabiyoti yo'nalishi talabasi G'ulomova Odina G'ofurjon qizi

“Yilning eng faol talabasi – 2025” Respublika tanlovining “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo'yicha Xorijiy til va adabiyoti yo'nalishi talabasi Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

“Mirzo Ulug’bek vorislari” tanlovi bo’yicha 2025-yil tuman-shahar bosqichlarida institutimizning jami 48 nafar iqtidorli talabalari o‘zlarining ilmiy-innovatsion loyiha va g‘oyalari bilan munosib ishtirok etishdi. Tanlov yakunida eng yuqori ko‘rsatkich bilan tumanlarda 17 nafar (Yangiqo'rg'on, Chortoq, Norin, Uychi Pop, Chust, Kosonsoy, Namangan shahar, Andijon viloyati Paxtaobod tumani, Baliqchi tumani, Farg'ona viloyati Farg’ona tumani, Bag’dod tumani), viloyat bosqichida 5 nafar talabalar g’oliblikni qo’lga kiritib, Respublika bosqichida 3 nafar talabalar g’oliblikni qo’lga kiritdi hamda umumiy miqdorda 71.9 mln so‘m pul mukofotini jamg‘arishdi.

Yangiqo'rg'on tumani: Biologiya yo'nalishi talabasi Xakimbekova Muslima “Dorivor giyoh tayyorlash texnologiyasi” loyihasi, Texnologik taʼlim yoʻnalishi talabasi Quchqarboyeva Ruxshona “Akvoponiya” loyihasi - tuman bosqichi g’olibi;

Chortoq tumani: Kimyo yo’nalishi talabasi Xayrullayev Mansurbek  “Archa mevasidan fitonsit olish texnologiyasi” loyihasi - tuman bosqichi g’olibi;

Norin tumani: Musiqa ta'limi va san'at mutaxassisligi magistranti O'rmonjonov Azizbek “Brayl nova” loyihasi – Respublika bosqichi g’olibi, Maxsus pedagogika: logopediya yo’nalishi talabasi Islomjonova Sevinch “Maria Montosori. Logopedik o`yinlar jamlanmasi” loyihasi - tuman bosqichi g’olibi, Maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabasi Yo'ldosheva Umida “Eko qum” loyihasi - Respublika bosqichi g’olibi

Uychi tumani: Fizika yo’nalishi talabasi Mirzamahmudov Shukurullo “Fitonsit olish texnologiyasi” loyihasi - tuman bosqichi g’olibi

Farg’ona tumani: Xorijiy tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi Toshmatova Madinaxon “Smart boog” loyihasi - tuman bosqichi g’olibi;

To’raqo’rg’on tumani: Fizika yo’nalishi talabasi Jo'rayeva Muxlisa “Ergashuvchi robot” loyihasi - viloyat bosqichi g’olibi;

Pop tumani: Texnologik ta’lim yo’nalishi talabasi Begmatova Nigina “Zamonaviy meva quritish” loyihasi,  Maxsus pedagogika: logopediya yo’nalishi talabasi  Kenjaboyeva Ruxshona “Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun innovatsion o’yin” loyihasi - tuman bosqichi g’olibi

Chust tumani: O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi Habiyaliyeva Madina “Milliy o’yinlar” dasturi - tuman bosqichi g’olibi;

Kosonsoy tumani: O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi Abduvaxobova Muxlisa “EdugLow” loyihasi - tuman bosqichi g’olibi;

Bog’dod tumani: Fizika yo’nalishi talabasi Rahimjonova Lobar “Aqilli chiqindi tozalash” qurilmasi - tuman bosqichi g’olibi;

Paxtaobod tumani: Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo’nalishi talabasi Solijonova Marhabo “Suv resursidan oqilona foydalanish” loyihasi - tuman bosqichi g’olibi;

Namangan shahar: Xorijiy tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi Nabixanova Masturaxon “Teachy” dasturi - Respublika bosqichi g’olibi

Baliqchi tumani: Kimyo yo’nalishi talabasi Aliyeva Mushtariy “Mexmash chiqindisidan tabiiy o’g’it olish” loyihasi - viloyat bosqichi g’olibi

Xorijiy tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi Madinaxon Toshmatova 2025-yilning 12–17 may kunlari Qozon shahrida tashkil etilgan OIC davlatlari yoshlari uchun tashkil etilgan XI Kazan OIC Youth Entrepreneurship Forumida ishtirok etdi. Forumda 85 dan ortiq davlat vakillari, jumladan vazirlar, diplomatlar, tadbirkorlar va talabalar qatnashdi. Bu yilgi forum mavzusi chekka hududlarda barqaror tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirishga bag‘ishlandi.

2025-yilning 16-17-may kunlari Qoraqolpog'iston Respublikasining Nukus va Mo'ynoq shaharlarida Raqamli “yashil” tashabbuslar global yoshlar festivali doirasida o'tkazilgan “Green Spark” startap loyihalar tanlovida Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (Kimyo) mutaxassisligi magistranti Rahmatova Nargiza ham o'z startap loyihasi bilan ishtirok etib, "Eng yaxshi innovatsion g'oya" nominatsiyasi bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritdi.

 

2025-2026-o‘quv yili

2025-2026-o‘quv yilida Namangan davlat pedagogika instituti talabalarining 4 nafari Navoiy, 1 nafari Islom Karimov, 1 nafar Abdulla Avloniy, 1 nafar Pahlavon Mahmud, 1 nafar Bobur nomidagi nomdor davlat stipendiyasi sohiblari bo’lishgan.

Quvonarlisi, Namangan davlat pedagogika institutining 8 nafar talabalari sovrindorlar safidan joy olishdi:

Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sovrindori: Habiyaliyeva Madina Xolmurod qizi - O’zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabasi;

Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari: Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi - Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi talabasi;

Bobur nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari: Sadirova Mehrigiyo Dilshod qizi - Tarix yo'nalishi talabasi;

         Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari: Komilov Umidjon Shuxratjon o’g’li - Jismoniy madaniyat  yo'nalishi talabasi;

         Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari: Nabijonova Madina Ulug’bek qizi -O’zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabasi; Adashaliyeva Mexribonu Mirzohid qizi - Maxsus pedagogika: logipediya yo'nalishi talabasi; Mamarasulova Gulshoda Bekmirza qizi - O’zbek tili va adabiyoti talabasi; Yo’ldasheva Umida Xusniddin qizi - Maktabgacha ta’lim yo'nalishi talabasi

2025-yil 10-15-sentabr kunlari Qiziltepa tumanidagi “Xalqaro shaxmat maktabi”da yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish va madaniyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan ekologik oromgoh bo'lib o'tdi hamda unda Texnologik ta'lim yo'nalishi talabasi Ruxshona Qo'chqorboyeva hamda Maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabasi Umida Yo'ldoshevalar o'z loyihalari bilan ishtirok etishdi.

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi talabasi Mamadaliyeva Sarvinoz Azamat qizi Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “Молодежная политика на пространстве СНГ: вызовы, решения, перспективы” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.

         Biologiya yo'nalishi 3-bosqich talabalari Xakimbekova Muslima hamda Rustamjonova Nodiralarning "Ibrat print" nashriyoti tomonidan 2026-yilning 30-yanvar kuni nashriyot grifti bilan tasdiqlangan "Flora va fauna ajoyibotlari" nomli ensiklopedik kitobi nashr etildi.

 

Tanlov nomi

soni

Pedagogika

Ijtimoiy

Aniq va tabiiy

1.       

Nomdor davlat stipendiyalari

12 ta

2

8

2

2.       

Prezident granti

2 ta

-

2

-

3.       

“Mirzo Ulug’bek vorislari” tanlovi g’oliblari

21 ta

4

5

12

4.       

Respublika innovatsion tanlov g’oliblari

6 ta

2

2

2

5.       

Xalqaro grant va forumlarda ishtirok

7 ta

1

6

-