English English English

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

  28.02.2026 12:21:56    43





Xalqaro hamkorlik bo‘limi

Bo‘limning maqsadi

1. Bo‘limning asosiy maqsadi institutning dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari, xorijiy professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari bilan xalqaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishdan iborat.

2. Bo‘lim talabalar va professor-o‘qituvchilarning xalqaro akademik va madaniy integratsiya imkoniyatlarini kengaytirish, bilim va tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, shuningdek xodimlarning xorijda malaka oshirishi va stajirovkalarda ishtirokini ta’minlash bo‘yicha faoliyat olib boradi.

Asosiy vazifalari va funksiyalari

  • 1. Institut Kengashi tomonidan tasdiqlangan xalqaro hamkorlik strategiyasini amalga oshiradi.
  • 5. “El-yurt umidi” jamg‘armalari hamda boshqa xalqaro grant va dasturlarda professor-o‘qituvchilar va talabalarning ishtirokini ta’minlaydi.
  • 6. Fakultetlar, kafedralar va bo‘limlarning xorijiy hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik loyihalaridagi ishtirokini muvofiqlashtiradi va amaliy yordam ko‘rsatadi.
  • 7. Institut talabalarini xalqaro hamkorlik loyihalari va dasturlariga jalb etadi.
  • 8. Institutda xalqaro hamkorlikning barcha shakllarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi, xalqaro hamkorlikka doir bitimlar, kelishuvlar va dasturlarni tayyorlaydi.
  • 9. Ilmiy va ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda institutning obro‘-e’tiborini oshirish maqsadida jahon miqyosida nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatishga ko‘maklashadi.
  • 10. Xorijiy universitet va tashkilotlardan keladigan delegatsiyalarni belgilangan tartibda qabul qiladi, hisobga oladi va ro‘yxatdan o‘tkazadi, xorijiy talabalar hisobini yuritadi.
  • 11. Xalqaro ilmiy va ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha institut bo‘limlari va kafedralari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
  • 12. Institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining xorijda malaka oshirishi, stajirovka o‘tashi va til o‘rganishini tashkil etishga ko‘maklashadi.
  • 13. NamDPI talabalarini xorijiy hamkoroliy ta’lim muassasalariga talabalar almashinish doirasida yuborish hamda chet el talabalarini NamDPIda stajirovkasini tashkil etish.