English English English

Kelajak qadam markazi

  28.02.2026 10:28:38    750


"Kelajakka qadam” — talaba-yoshlar uchun manfaatli loyiha

Namangan davlat pedagogika instituti, Namangan viloyati markaziy banki va “O‘zmilliybank” AJ  Namangan viloyati bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida, bitiruvchi kurs talabalari uchun seminar tashkil etildi.

Suhbatda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A. Abdunazarov, Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i A. Tulqunboyev, Namangan viloyati Markaziy banki iqtisodchisi M.Normatov, “O‘zmilliybank” AJ  Namangan viloyati bosh boshqarmasi loyiha menejeri T.Abdulhamidov, Namangan viloyati va bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishdi.
Davra suhbatining asosiy maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarorining mazmun-mohiyati va qarorda belgilangan vazifalarni bajarilishi hamda “Kelajakka qadam” markazlari orqali amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar, Pedagogika fakulteti, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti va Magistratura bosqichi bitiruvchi kurs talabalariga tushuntirildi.

Seminar soʻnggida talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi,.

Kredit olish istagida bo'lgan talabalar
Institut tomonidan biriktirilgan ma'sul hodim A.Tulqunboyevga murojaat qilishlari mumkin.
TEL: +998 93 193 35 35

Video qo‘llanmalar

Kelajakka qadam

Kelajakka qadam orqali yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, biznes g‘oyalarning moliyalashtirilishi va bitiruvchilarning hayotidagi batafsil lavhalar endi videoda.

Kelajakka qadam | Talaba Expo - 2025

“Kelajakka Qadam” dasturi doirasida bitiruvchi yoshlar oʻz biznes loyihalarini taqdim etdi. Bu ilhomli daqiqalar Oʻzbekiston 24 telekanalida yoritildi!

Kelajakka qadam

Kelajakka qadam orqali yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, biznes g‘oyalarning moliyalashtirilishi va bitiruvchilarning hayotidagi batafsil lavhalar endi videoda.




Kredit xizmatlari

💡 Biznes g‘oya bor, lekin mablag‘ yo‘qmi? “KELAJAKKA QADAM” bu muammoni yechadi!

 
Kelajakka birinchi qadam

Ijtimoiy soliq to‘lab, o‘zini-o‘zi band qilgan bitiruvchilar uchun

Batafsil
 
Kelajak uchun start

Yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar uchun

Batafsil
 
Yorqin kelajak sari

Yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar uchun

Batafsil
 

MA’LUMOT

(Tadbirkorlik loyihalari bo‘yicha)

2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori mazmun mohiyatini talabalarga yetkazish maqsadida 1693 nafar
(2024/2025 o‘quv yilida 453 nafar) bitiruvchi yoshlar bilan
28 marotaba uchrashuvlar tashkil etildi. “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida tadbirkorlik qilish maqsadida jami 136 nafar bitiruvchi talaba istagini bildirgan. Shundan 102 nafar talabaning o‘z biznes rejalari mavjud, 65 nafar talabaning biznes rejalari “O‘zmilliybank” Namangan viloyat filialiga topshirilgan, Jami 38 nafar talabaning biznes rejalari moliyalashtirildi. Shundan 36 nafar talaba 10 mln (o‘n million) so‘mdan 360 mln (Uch yuz oltmish million) so‘m, 1 nafar talaba 7 mln (Yetti million) so‘m, 1 nafar talaba 50 mln (Ellik million) so‘m mablag‘ moliyalashtirildi.

Institut bo‘yicha jami 38 nafar talabaning biznes rejalari 417 mln so‘m mablag‘ moliyalashtirildi. Hozirda 5 nafar talabaning biznes rejalari markazga taqdim qilingan va moliyalashtirish jarayonida.
1 nafar talaba biznes g‘oyasi tayyorlanmoqda. (Istagi bor talabalarning ayrimlariga bank kredit siyosati foizlari to‘g‘ri kelmaganligi tufayli, ayrimlari to‘lovga qobiliyatsiz (chyorniy) bo‘lganligi sababli loyihalari qatnashmagan)

Istiqboldagi Rejalar: Kelgusi o‘quv yili davomida 100 nafar Talabani mazkur loyihaga jalb qilgan holda 1 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi nazarda tutilmoqda.

Ta'lim tahlilchisi” gazetasining 2025-yil 27-mart 4-sonida Namangan davlat pedagogika instituti Boshlangʻich taʼlim innovatsiyalari kafedrasi dotsenti Ra'no Lutfetdinovaning "Kelajakka qadam" talabalar bandligini taʼminlashda muhim koʻprik boʻlmoqda" sarlavhasi ostida maqolasi e'lon qilindi.