Boqijonova Zilolaxon O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi ikkinchi bosqich talabasi
26.10.2024 13:57:50 2
Ona tilim, jonim tilim o’ttiz besh yoshing muborak!
Ona tilim, alla bo'lib jaranglagan kuyimsan,
Ishonganim, suyanganim, senla yorugʻ kelajak.
Onamdayin beminnatim ham bebaho durimsan,
Ona tilim, jonim tilim o’ttiz besh yoshing muborak!
Sen tanho marvaridim, tillarda dostonimsan,
Senla barhayot olam, senla uyg’oqdir yurak.
Tengi yo'q bir omonatim, qadrligim hurimsan.
Ona tilim, jonim tilim o’ttiz besh yoshing muborak!
Qalbimdagi ilk bahorim, chechagimsan, gulimsan,
Bir chinorday ildiz otgan ulug’vorimsan yuksak.
Onajonim tilisan, sen mehr-u mohim, nurimsan,
Ona tilim jonim tilim, o’ttiz besh yoshing muborak!
Ko'ksimdagi iftixorim, g’ururimsan erkimsan,
Sen rangorang tuyg’uyimsan, go’yo misli kamalak.
Dildan o’chmas siyohimsan, ozodligim umrimsan,
Ona tilim, jonim tilim o’ttiz besh yoshing muborak!