Davlat granti asosidagi qabul kvotalari tasdiqlandi
25.06.2023 09:38:13 1
Prezidentning “2023/2024 oʻquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi Farmoyishi qabul qilindi (15.06.2023 yildagi F-31-son).
Prezidentning “2023/2024 oʻquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi Farmoyishi qabul qilindi (15.06.2023 yildagi F-31-son).
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari faqat davlat granti boʻyicha tasdiqlanadi.
Hujjat bilan 2023/2024 oʻquv yili uchun quyidagi qabul kvotalari tasdiqlandi:
bakalavrlar tayyorlash boʻyicha kunduzgi ta’lim shakliga - 34 860 nafar;
magistrlar tayyorlash boʻyicha - 8 923 nafar.
Tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar hamda moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini 2023 yil 20 iyunga qadar tasdiqlaydi.
Shu bilan birga, hujjatga asosan, 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab:
Oila va хotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasi mavjud oliy ma’lumotga ega boʻlmagan хotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qoʻshimcha 2 000 ta davlat granti ajratiladi;
respublikada faoliyat yuritayotgan хorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash uchun 1 000 ta davlat granti ajratiladi;
davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga ajratilgan qabul parametrlari doirasida bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan хotin-qizlarning toʻlov-kontrakt miqdori Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.