Diyora Hamidova, O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabasi
26.10.2024 13:52:30 2
Yangradi ushbu kun noming nishoning,
Qalblarda ming chechak ochgan gulimsan.
Tarixdan buyukdir shuhrating-shoning,
Buyuklik asriga xoqon tilimsan.
Shu kunga yetding a mag'rur otlanib,
Begona qilmading har bir kimsani.
Sendan faxrlanib, sendan shodlanib,
Navoiy yozgandi buyuk "Xamsa" ni.
Sen quyosh biz esa o'sayotgan gul,
Bulutlar nurlaring to'smasin zinhor.
Ey osmon buguncha holimizga kul,
Ertaga aslingni korsatar anhor..
Bor bo'lgin biz gulning omonligiga,
Shoirlar qalbiga xazina tilim.
Rozi bo'l har yaxshi yomonligiga,
Jon tilim, jondan ham ulug'roq dilim.