Ijtimoiy fanlar fakulteti MIG’- AU- 24 guruh talabasi Shodmonov Shehruz
26.10.2024 14:13:59 2
ONA TILIM
Millatni tanitgan jahonga sensan,
Insonni ayirgan hayvondan oʻzing.
Jahon minbarlaridan yangragan sensan,
Ona tilim, barhayot yashagin oʻzing.
Kerak emas menga balandparvoz she'r,
Uzoqman tagi puch quruq gaplardan.
Ona tilim millatga sururingni ber,
Seni asrash burchimiz yomon koʻzlardan.
Boshingdan oʻtmadi ne ne koʻrgulik,
Gohida armonim, goh quvonch boʻlding.
Topilmadi holingni bir bor soʻrgulik,
Yomon kunda farzand-u nokasni bilding.
Yoʻqotmoqchi boʻldilar senday shoʻrlikni,
Yolgʻonlar aldovlar qurboni boʻlding.
Seni madh etganni gumdon qildilar,
Tilim deb jon bergan mardlarni koʻrding.
Zamonlar almashdi, keldi davring ham,
Ozodlik, istiqlol nuriga choʻmding.
Senda tariximiz, oʻzlik mujassam,
U qora kunlarni oʻtmishga koʻmding.
Ona tilim, iftixorimiz oʻzing,
Oʻzbekka yarashgan oʻzgacha tilsan.
Ona tilim, dilda borimiz oʻzing,
Seni butun dunyo maqtasin, bilsin!