Ijtimoiy fanlar fakulteti
10.10.2024 11:58:09 50
Fakultet dekani: Mutalov Sa'idakbar
email: S_Mutalov@namspi.uz
Telegram: S_Mutalov
Fakultet haqida qisqacha ma’lumot
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyundagi PQ-289- sonli “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faolyatini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari toʻg’risida”gi qarori asosida Namangan davlat pedagogika instituti tashkil etilgan. Fakultet 2022-yilda tashkil topgan. Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi fakulteti nomi bilan 2022 yil 5 sentyabrdan faoliyat yuritib kelinmoqda.
Fakultetda 30 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shulardan: 1 nafar fan doktori DSc, 5 nafar fan nomzodi dotsent, 2 nafar PhD dotsent, 4 nafar PhD katta oʻqituvchi, 7 nafar katta oʻqituvchilardir. Hozirgi kunda fakultetda 938 nafar talabalar tahsil olmoqda.
Oʻquv ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari:
Imomov Muhibjon Xabibjonovich
Qabul kunlari: Dushanba-shanba, soat 13:00-16:00
Ish telefoni: -
Qoʻl telefoni: +99897 255-83-41
Email: mximomov@mail.ru
Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari:
Kenjayev Burgutali Qovuljon oʻg'li
Qabul kunlari: Dushanba-shanba, soat 14:00-17:00
Ish telefoni: -
Qoʻl telefoni: +99897 867-88-77
Email: burgutalikenjayev8@gmail.com
Fakultetda quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr va magistrlar tayyorlanadi:
Kunduzgi ta’lim yoʻnalishlari:
60111100-Tarix
60112100-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
60111400- Oʻzbek tili va adabiyoti
60111700-Oʻzga tilli guruhlarda rus tili (oʻzbek guruhlari uchun)
60111800-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
60112600-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)
Kechki ta’lim yoʻnalishlari:
60111100-Tarix
60111700-Oʻzga tilli guruhlarda rus tili (oʻzbek guruhlari uchun)
60111800-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
60112600-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)
Sirtqi ta’lim yoʻnalishlari:
60111100-Tarix
Magistratura mutaxassisligi:
70111101-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (tarix)
70111401- Oʻzbek tili va adabiyoti
70111501-Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti
70112101-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oqitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)
70111700 - Oʻzga tilli guruhlarda rus tili
Fakultet ilmiy kengashi tarkibi:
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi fakulteti ilmiy kengashi 2022 yil 5 sentyabrdan faoliyat yuritib kelinmoqda.
№ |
FISH |
Lavozimi |
Kengashdagi lavozimi |
1. |
Abdunazarov Ahliddin Abdurashitovich |
Fakultet dekani |
Kengash raisi |
2. |
Imomov Muhibjon Xabibjonovich |
Oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari |
Kengash rais oʻrinbosari |
3. |
Qambarov Abdujabbor Boxrolievich |
Katta oʻqituvchi |
Kengash kotibi |
4. |
Ubaydullaev Shuxrat Nazrullaevich |
Dotsent |
Kengash a’zosi |
5. |
Abdullaev Akmal Nasriddinovich |
Kafedra mudiri |
Kengash a’zosi |
6. |
Mamatov Obidxon Vaqqosovich |
Dotsent |
Kengash a’zosi |
7. |
Xaydarov Zaxriddinbobur Umarovich |
Dotsent |
Kengash a’zosi |
8. |
Kenjayev Burgutali Qovuljon oʻg’li |
Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari |
Kengash a’zosi |
9. |
Botirova Sevara Mamurovna |
Instutit xotin qizlari kengashi raisi |
Kengash a’zosi |
10. |
Egamberdiyeva Shamsiya |
Xotin qizlari masalalari bo`yicha fa`kultet dekani maslahatchi |
Kengash a’zosi |
11. |
Abduvoxidov Elyor |
Katta oʻqituvchi |
Kengash a’zosi |
12. |
Ibraximov Barotjon Botirovich |
Katta oʻqituvchi |
Kengash a’zosi |
13. |
Ataxanov Baxtiyor |
Katta oʻqituvchi |
Kengash a’zosi |
14. |
Babajonova Mavjuda |
Katta o`qituvchi |
Kengash a’zosi |
15. |
Ibragimova Nilufar Tuychiyevna |
Katta oʻqituvchi |
Kengash a’zosi |
Fakultetda tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat olib boradi:
- Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi
- Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi
Fakultet ma'naviy-ma'rifiy ishlari:
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi fakultetida 2023-yil davomida koʻp yutuqlarni qoʻlga kiritishgan. Jumladan 2 nafar talaba Prezident granti sovrindori boʻldi.
4 nafar talaba "Yil talabasi-2023" respublika tanlovining turli yoʻnalishlarida g‘liblikni qoʻlga kiritishdi. “Islohotlar bilimdoni” Respublika koʻrik-tanlovi final bosqichi “Eng faol islohotlar targ‘ibotchi”si nominatsiyasi boʻyicha fakultetning
2-bosqich talabasi Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan oʻtkazilgan “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2-mavsumi gʻolibligiga fakultetning ikki nafar talabasi erishdi.
Namangan zakovat klubi tomonidan oʻtkazilgan Zakovatning yakkalik bahsi 2-tur oʻyinida NamDPI Zakovat klubi hamda fakultet yetakchisi, "Renessans" jamoasi sardori Mahkamov Mahmudjon Gʻolibjon oʻgʻli 30 ta bilimdon ichida saralov asosida finalgacha borib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. NamDPI "Zakovat" klubi, "Renessans" jamoasi Namangan davlat pedagogika instituti rahbariyati tomonidan “2023-yilning Eng bilimdon jamoasi” deb topildi.
"Ma'rifat maydoni" koʻrik-tanlovining institut bosqichi oʻtkazildi, fakultetning "Ibrat izdoshlari" jamoasi 1-oʻrinni egallab, keyingi bosqichga yoʻllanma oldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni boʻsh vaqtini mazmunli tashlik etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusining yoʻnalishlari boʻyicha talabalar boʻsh vaqtini mazmunli oʻtazish yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejaga muvofiq oʻtkaziladi.
Fakultet oʻquv-uslubiy ishlari:
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o`qitish fakulteti professor-oʻqituvchilar tomonidan 6 ta darslik, 5 ta o`quv qo`llanma, 5 ta monografiya, 40 ga yaqin 12 ta uslubiy qoʻllanma va uslubiy koʻrsatmalar chop etilgan hamda amaliyotga joriy qilingan.
Fakultet talabalari orasidan horijiy va milliy sertifakatga ega talabalar mavjud boʻlib, ulardan C1 sertifikatga 11 nafar, B2 sertifikatga 131 nafarni tashkil etadi.
Fakultet ilmiy – tаdqiqot ishlаri:
Ilmiy izlanishlar asosida xalqaro va respublikamizning jurnallarida ilmiy maqola va tezislar e’lon qilnmoqda. Nufuzli impakfaktori yuqori boʻlgan jurnallarda 50 dan ortiq maqolalar chop ettirildi. Xalqaro va respublikada oʻtkazilayotgan ilmiy-amaliy konfrensiyalarda oʻzlarining ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, kafedra dotsenti Sh.N.Ubaydullayev 2023-yilning noyar oyida Turkiyaning Konya shahrida joylashgan Seljuk universitetida boʻlib oʻtgan xalqaro konferensiyada oʻz ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.