Intizora Po‘latjonova, Musiqa ta'limi yo'nalishi talabasi
21.10.2024 08:21:39 2
Intizora Po‘latjonova,
Musiqa ta'limi yo'nalishi talabasi
Ona tilim
Ona tili har bir millat tili bu
O'zbek tili mening ona tilim bu
Buvijonim ertagi, onajonim allasi,
Navoiyning g'azali, buyuk, o'lmas "Xamsa"si,
Mirzo Bobur yurtim deb sog'inch tuygan pallasi -
Ona tilim, jon tilim, senda qalbim nolasi.
Mening uchun olamda tillar aro tanhosan,
Takallufga boydursan, marvaridsan, injusan.
Tillar aro eng boysan, ham qadimsan, mangusan,
Ona tilim, jon tilim, ma'nolar xazinasisan.