Madina Mehmonjonova, O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 2-bosqich talabasi
26.10.2024 13:55:29 3
O'zbek tilimsan
Senla Navoiylar guliston bitdi,
Senla Erkinlaring "Nido"lar bitdi,
Sen borki millating erkini tutdi,
Sen jonajon tilim, o'zbek tilimsan.
Har so‘zing aytganda yayraydi tilim,
Ajib nolang tinglab, quvnaydi dilim,
Hatto, bulbul senla kuylagay madhin,
Sen jonajon tilim, o'zbek tilimsan.
O‘zbek bu deganda shodlanar yurak,
O‘zbek tilda so‘zlab, toblanar yurak.
Tilingni sevmoqdan o‘zga ne kerak?
Sen jonajon tilim, o'zbek tilimsan.
O‘zga yurtlar senga bo'lsin mahliyo,
"Munojot"ing tinglab yig‘lasin dunyo,
O‘zbek tilin zavqin bilsin-da dunyo,
Sen jonajon tilim, o‘zbek tilimsan!