English English English

O'quv-uslubiy bo'lim

  10.10.2024 22:58:49    16


Bo'lim boshlig'i: IMOMOV MUHIBJON XABIBJONOVICH

 

 

 

 


O'quv-uslubiy bo'lim


Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi

O‘zbekiston Milliy universiteti

Mutaxassisligi

Optika, magnitooptika va molekulyar fizika

Horijiy davlatlarda malaka oshirganligi

-

Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi

Қуёш элементлари учун истиқболли органик моддалар наноструктурали аралашмасининг оптик спектроскопияси

Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi

-

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi

Yarim o‘tkazgichlar fizikasi

Ilmiy rahbarligi

2 nafar magistrant magistrlik dissertatsiyasi, 1 nafar bakalavriat Bitiruv malakaviy ishi

Nashr qilingan maqolalari

2 ta Scopus hamda 6 ta OAK tasarrufidagi maqola

Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki

4 ta ilmiy loyiha ishtiroki. Oxirhi marta ishtirok etgan loyiha “Istiqbolli perovskitli quyosh elementlarida energiya almashinishi va zaryadlarning fotomajburiy migratsiyasi jarayonlari” nomli ФЗ-20200929177-sonli fundamental loyiha

h indeksi

2

O‘quv fani

Umumiy fizika, Mexanika, Molekulyar fizika va termodinamika asoslari, Optika, Organik quyosh elementlari

O‘quv-uslubiy ishlari

Optika fanidan laboratoriya mashg'ulotlari uchun, Umumiy fizika fanidan uslubiy qo'llanma

Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati

-

Davlat mukofotlari

-

O`quv-uslubiy bo’lim faoliyati:

  • O`zbekiston Respublikasining ta`limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Hay`at Qarorlari, buyruqlari, yo`riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo`limlarda bajarilishini ta`minlash va monitoringini olib borish
  • O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga etkazib borish
  • Davlat ta`lim standartlari asosida o`quv ishlarni tashkil etilishini ta`minlash
  • Fakultet va kafedralar o`quv ish rejalarini bajarilishini ta`minlash
  • Boshqarmaning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish
  • O`tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o`qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini ta`minlash va nazorat qilish
  • O`quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish
  • Fakultet va kafedralarning yillik faoliyati hisobotlarini ta`minlash, tahlil qilish
  • NamDPIni o`rnatilgan tartibda ichki attestatsiyadan o`tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o`tkazish bo`yicha tegishli ishlarni amalga oshirish
  • O`quv yiliga tayyorgarlik ko`rish va o`quv jarayonining yillik ish rejasini tuzilishini ta`minlash
  • Fakultet va kafedralarda o`quv yuklamalari xisob kitobini to`g`ri va mavjud me`yoriy xujjatlarga asosan taqsimlanishini ta`minlash va nazorat qilish
  • Institutda auditoriya fondini ishlatish, foydalanish va ularni taqsimlanishini ta`minlash
  • Institutda soatbay fondini to`g`ri ishlatilishini ta`minlash va nazorat qilish
  • O`quv-uslubiy jarayoniga tegishli hujjatlar mavjudligi va saqlanishini ta`minlash
  • Barcha fakultetlarda darsliklar va o`quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishini, o`quv-uslubiy majmualar bilan ta`minlanishi bo`yicha ishlarni tashkil etish
  • Pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni, professor-o`qituvchilar malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishini ta`minlash
  • Barcha ta`lim yo`nalishlarini o`quv reja va fan dasturlari bilan ta`minlash
  • Talabalarning o`quv va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etilishini ta`minlash
  • Talabalar bilimini baholashning zamonaviy reyting tizimlarini tatbiq etilishini ta`minlash
  • Talabalarni mustaqil ta`lim olishlari uchun zamonaviy usul va vositalarini tatbiq etishni ta`minlash
  • NamDPI Ilmiy kengashi rejasi asosida o`kuv jarayoniga tegishli masalalarni belgilangan muddatda sifatli tayyorlashini ta`minlash
  • Boshqarma faoliyatiga oid ma`lumot va hisobotlarni Vazirlikka o`z vaqtida, o`rnatilgan tartibda taqdim etib boorish

 

 

O‘quv-uslubiy bo’lim xodimlari (uslubchi, inspector va ish yurituvchi)ning asosiy vazifalari

  • ilmiy axborot resurs markazi va kafedralar bilan hamkorlikda fanlarning o‘quv adabiyotlari, o‘quv-uslubiy  majmualar bilan ta’minlanish monitoringini yuritadi;
    •kafedralarning o‘quv-uslubiy  adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini tahlil qiladi va shu asosda kafedralar ilmiy-uslubiy ishlar rejasini tuzishda uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatadi;
    •kafedralar ehtiyoji asosida universitet bo‘yicha o‘quv-uslubiy  adabiyotlar yaratish va chop etish rejasini tuzadi, o‘quv-uslubiy  adabiyotlarni nashrga tavsiya etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha mualliflarga uslubiy-amaliy yordam beradi;
    •ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar sonidan kelib chiqqan holda, universitet bosmaxonasida nashr etishga mo‘ljallangan o‘quv adabiyotlari miqdori haqida taklif tayyorlaydi;
    •yaratilgan o‘quv-uslubiy  adabiyotlarning o‘quv dasturlariga muvofiq kelishi, o‘quv adabiyotlari yaratish konsepsiyasi talabalariga javob berishini tahlil qiladi va o‘quv-uslubiy  kengash muhokamasidan o‘tkazishni tashkil etadi;
    •kafedralar ilmiy-uslubiy ishlar rejasining bajarilishini nazorat qiladi;
    •institut o‘quv-uslubiy  kengashi mas’ul kotibi vazifasini bajaradi, kengash raisi bilan kelishgan holda kengashning ish rejasini tuzadi va muhokama qilishga mo‘ljallangan masalalarni tayyorlaydi;
    •kengash qarorlarining ijrosini nazorat qiladi;
    • fakultetlar o‘quv-uslubiy  kengashlari ish rejasining bajarilishini nazorat qiladi, fakultetlar o‘quv-uslubiy  kengashi ishini samarali tashkil etish bo‘yicha uslubiy yordam beradi;
    •ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklardagi fanlarning adabiyotlar bilan ta’minlanish holati haqidagi ma’lumotlar bo‘yicha yuqori tashkilotlardan keladigan barcha turdagi topshiriqlarni ARM bilan hamkorlikda ijrosini ta’minlaydi;
    •bakalavr yo‘nalishlarning birinchi blok fanlari dars jadvali texnologik xaritalari, ishchi dars jadvalini belgilangan muddatda va talab darajasida tayyorlaydi, tasdiqdan o‘tkazilishini tashkil qiladi hamda fakultetlarga etkazadi;
    •birinchi blok fanlari bo‘yicha talabalar mustaqil ta’limi topshiriqlarining ishchi o‘quv dasturlarida o‘z aksini topishi, bajarilishi va baholash jarayoni ustidan nazorat o‘rnatadi va bu bo‘yicha kafedralarga uslubiy yordam uyushtiradi;
    •birinchi blok fanlari bo‘yicha qayta baholashlar jadvalini tuzadi va belgilangan tartibda hamda muddatida o‘tkazilishini nazorat qilib boradidi;
    •bakalavr yo‘nalishlarning birinchi blok fanlari dars jadvali texnologik xaritalari, ishchi dars jadvalini belgilangan muddatda va talab darajasida tayyorlaydi hamda fakultetlarga etkazadi;
    •darslarning to‘g‘ri va dars jadvallariga muvofiq o‘tilayotganligini nazorat qiladi;
    •ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim bosqichlari bo‘yicha talabalar ro‘yxati, kontingenti, guruh (guruhcha) va potoklar miqdori bo‘yicha ma’lumotlar monitoringini yuritadi;
    •talabalarning o‘zlashtirishi, akademik qarzlarning topshirilishi monitoringini yuritadi. Ma’lum sabablarga ko‘ra darsga kelmay qolgan fakultetlararo fan o‘qituvchisini almashtirish va darsning borbod bo‘lmasligini ta’minlash chorasini ko‘radi;
    •o‘quv xonalaridan samarali foydalanish bo‘yicha nazorat o‘rnatadi;
    •kafedralarda vakant soat hisobini olib boradi. Moliya-rejalashtirish bo‘limi bilan hamkorlikda institut bo‘yicha soatbay ish hajmi fondini aniqlaydi va ish turlari bo‘yicha taqsimlaydi hamda bu bo‘yicha rektor buyrug‘i loyihasini tayyorlaydi;
    •soatbay asosdagi o‘quv yuklamalarining oyma-oy bajarilish hisobini yuritadi. Soatbay asosida dars o‘tishga ruxsat berish hamda bajarilgan o‘quv yuklamalariga haq to‘lash haqida rektor buyrug‘i loyihasini tayyorlaydi, bu bo‘yicha bildirishnomalarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini guruh jurnallaridagi qaydlar asosida tekshiradi;
    •o‘quv yili davomida har yarim yillik oxirida soatbay o‘quv yuklamalarining bajarilishi va unga haq to‘lash holati bo‘yicha ma’lumot tayyorlaydi;
    •dekanatlar, kafedralarda talabalar malakaviy amaliyotini tashkil qilish, o‘tkazishga doir me’yoriy hujjatlarning (amaliyot turlari bo‘yicha Nizomlar, amaliyot dasturi va ishchi dasturlar, uslubiy tavsiyanomalar, baholash me’zonlari va h.k.) bo‘lishi, ularning sifati hamda talab darajasida tayyorlanishi ustidan nazorat o‘rnatadi va uslubiy-amaliy yordam beradi;
    •universitet bo‘yicha malakaviy amaliyotlarga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va yakunlash ishlarini tashkil qiladi, amaliyotni o‘tkazish grafigini tuzadi;
    •amaliyot ob’ektlarini tanlash va ular bilan shartnoma tuzish ishlarini, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qiladi;
    •moliya-rejalashtirish bo‘limi bilan hamkorlikda amaliyot xarajatlari smetasini tuzadi va vazirlikka bu bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda taklif tayyorlaydi;
    •amaliyot bo‘yicha fakultetlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, fakul’tetlar bildirishnomalari asosida rektor buyruqlari va ko‘rsatmalari loyihasini tayyorlaydi;
    •amaliyotda ishtirok etuvchi talabalarning tashkiliy va yakuniy konferensiyalarini tashkil qilishda hamkorlik qiladi hamda ishtirok etadi;
    •talabalarning amaliyot ob’ektlariga belgilangan paytda etib borishlari va qaytishi hamda amaliyotni o‘tkazish jarayonini ustidan nazorat o‘rnatadi;
    •amaliyot bo‘yicha fakultetlar va kafedralar faoliyatini nazorat qiladi, kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi;
    • talabalarning amaliyot bo‘yicha hisobotlari himoyasi taqdimotining talab darajasida o‘tkazilishini nazorat qiladi;
    • fakultetlarning amaliyot hisobotlari asosida universitet bo‘yicha umumiy hisobotni tayyorlaydi;
    •o‘quv laboratoriyalarining texnik holati, jihozlari va sarflanuvchi ashyolar, bajarish mumkin bo‘lgan laboratoriya ishlari miqdori, laboratoriyalarning dars mashg‘ulotlari bilan yuklanish darajasini tahlil qilish orqali o‘quv laboratoriyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif tayyorlaydi;
    • ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yakuniy attestatsiya komissiyasi raisligiga nomzodlarni belgilangan tartibda tasdiq uchun vazirlikka taqdim etishga tayyorlaydi;
    • bitiruvchi uchun konsultatsiyalar va obzor mashg‘ulotlar o‘tkazilishi jadvalini tuzadi va bajarilishini nazorat qiladi;
    • attestatsiya sinovlari o‘tkaziladigan xonalarni belgilash va hamda talab darajasida tayyorlanishini nazorat qiladi;
    • reyting baholashlar natijalarining reyting qaydnomasi va guruh jurnaliga to‘g‘ri qayd etilishini tekshirib turadi va bu bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan professor-o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
    • reyting baholashlari jadvali va komissiyalar tarkibi bo‘yicha dekan (oraliq baholashlar uchun) va rektor (yakuniy baholashlar uchun) buyruqlarining rasmiylashtirilishi va joylarga etib borishini nazoratga oladi;
    • o‘quv yuklamalarining lavozimlar bo‘yicha adolatli va to‘g‘ri taqsimlanishini nazorat qiladi va bu bo‘yicha kafedralarga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
    • fakultetlarda o‘quv jarayonini tashkil etish sifatini nazorat qiladi bu bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy yordam uyushtiradi;
    • institut bo‘yicha talabalar tomonidan qoldirilgan darslarni qayta o‘zlashtirishini fakultetlarda tashkil etilishini nazorat qilish;
    • kafedralar va dekanatlarda reyting baholashlariga doir me’yoriy va ishchi hujjatlarining bo‘lishini nazorat qiladi va ushbu hujjatlardan foydalanish bo‘yicha uslubiy-amaliy yordam beradi;
    • reyting baholashlarni tashkil etish va nazorat qilishni takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar, takliflar, fikr-mulohazalarni to‘playdi, taxlil qiladi va shu asosda belgilangan tartibda taklif tayyorlaydi;
    • reyting baholashlarning tashkil qilinishi va o‘tkazilishiga oid tahlil ishlarini olib boradi va natijalari bo‘yicha belgilangan muddatda ma’lumot tayyorlaydi. Reyting baholashlar natijalari bo‘yicha fakultetlar raqamli hisobotini universitet bo‘yicha umumlashtiradi; 
    • talabalarni kursdan-kursga ko‘chirish, stependiya belgilash bo‘yicha ishlarning sifatli va to‘g‘ri bajarilishini nazoratga oladi.
    • belgilangan fakultet kuratori vazifasini bajaradi;
    • fakultetda talabalar davomatining guruhlar kesimidagi monitoringini olib boradi va davomat bo‘yicha kunlik ma’lumotni tayyorlaydi;
    • universitet Ilmiy kengashining majlisi va dekanlar yig‘ilishlariga kiritilgan o‘quv jarayoniga oid masalalar uchun tezkor ma’lumot tayyorlaydi;
    • guruh jurnallarini tahlil qilib boradi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishini nazorat qiladi hamda uslubiy yordam ko‘rsatadi;
    • talabalar tomonidan qoldirilgan darslarni qayta o‘zlashtirish (otrabotka) jarayonini tashkil etilishini nazorat qiladi hamda bu bo‘yicha haftalik va oylik ma’lumot tayyorlaydi;
    • o‘quv rejada belgilangan amaliyotlarning tegishli fakultetda tashkil etilishi va o‘tkazilish sifati bo‘yicha nazorat olib boradi va talabalarning yakuniy hisobotlarni tahlildan o‘tkazib, himoyaga tavsiya etish haqida xulosa beradi; 
    • professor-o‘qituvchining shaxsiy ish rejasida belgilangan o‘quv ishlarning bajarilishini nazorat qilib boradi;
    • biriktirilgan fakultet dekanati va kafedralarida o‘quv jarayoniga oid me’yoriy va ish yuritish hujjatlarning mavjudligi va yuritilish holatini nazorat qiladi hamda bu bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatadi;
    • biriktirilgan fakultet talabalaridan o‘quv jarayoniga oid so‘rovnomalar o‘tkazilishi va tahlil qilinishini ta’minlaydi hamda bu bo‘yicha ma’lumot tayyorlaydi;
    • biriktirilgan fakultetda joriy baholashlarning (2, 3, 4 kurslar uchun) belgilangan muddatlarda, oraliq va yakuniy baholashlarning jadval asosida o‘tkazilishi, Nizomga amal qilinishi, to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, baholashlar yozma bayonlarining mavjudligi va baholash sifatini tahlil qilib boradi hamda kamchiliklarni bartaraf etishda uslubiy yordam beradi;
    • yakuniy baholashlar sessiyasidan kamida ikki kun oldin kafedralar tomonidan joriy va oraliq baholashlar ballarining qaydnomalarga o‘tkazilishi va dekanatga topshirilishini nazorat qiladi;
    • reyting nazoratlari bo‘yicha qayta baholashlarning belgilangan tartibda va muddatida o‘tkazilishini nazorat qiladi;
    •  “yozma-test” shaklidagi o‘tkaziladigan yakuniy nazoratlarda test o‘tkazish komissiyasi tarkibida ishtirok etadi;
    • reyting baholashlar natijalarining reyting qaydnomasi va guruh jurnaliga to‘g‘ri qayd etilishini tekshirib turadi va bu bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan professor-o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
    • rektor, o‘quv ishlari prorektori va o‘quv-uslubiy  boshqarma boshlig‘ining o‘quv jarayoniga tegishli mavsumiy topshiriqlarini bajarib boradi.
    • Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari va ko‘rsatmalari, universitet ilmiy kengashining qarorlarining o‘quv jarayoniga oid qismi bo‘yicha ijrosini ta’minlash uchun rektor buyrug‘i va farmoyishlari loyihasini tayyorlaydi;
    • yuqori tashkilotlardan kelgan o‘quv jarayoniga oid turli xil xat, modemmogramma, hayat qarorlari va hokazolarni ijrosi bo‘yicha universitet ichki nazorat va monitoring bo‘limi bilan kelishilgan holda ma’lumot tayyorlaydi;
    • kafedralar tavsiyasi asosida professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish rejasini tuzadi va ijrosini ta’minladi;
    • yosh pedagog o‘qituvchilarni malaka va tajriba orttirishlarini tashkil qiladi;
    • reja bo‘yicha malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tadigan professor-o‘qituvchilarning belgilingan joyga etib borishini nazorat qiladi. Rejaning bajarilish holatini tahlil qiladi;
    •  malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tgan professor-o‘qituvchilar hisobotini yig‘ib, tahlil qiladi va sertifikat nusxalarini qabul qilib oladi;
    •  o‘quv ishlari prorektori qabulxonasi, o‘quv-uslubiy  boshqarmadagi ish qog‘ozlarini yuritadi va tartibga soladi;
    • o‘quv ishlari prorektori, boshqarma boshlig‘ining hisobot, axborot va ma’lumotlarini, o‘quv ishlariga doir buyruq va farmoyish loyihasini alohida nazoratga olingan hujjatlar, xatlarga javobning muddatiga bajarilashini nazoratga oladi;
    •    dekanat, kafedralarga o‘quv ishlariga doir ko‘rsatma, topshiriqlarni va ma’lumotlarni etib borishini ta’minlaydi;
    •    dekanat va kafedralarning o‘quv jarayoniga doir hujjatlar yoki moddiy-texnik ashyolar bo‘yicha talabnomalarini umumlashtiradi va boshqarmaning tegishli xodimlariga topshiradi;
    •    o‘quv ishlari prorektori va o‘quv-uslubiy  boshqarma boshlig‘i tayyorlagan barcha ma’lumotlar hamda xatlarni kompyuterga kiritadi;
    •    boshqarma ish qog‘ozlarini muqovalashga beradi va muomiladan chiqarilgan hujjatlarni arxivga topshiradi;
    •    professor-o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlar tarkibining o‘quv yili davomidagi kontengentini monitoringini yuritadi;
    •    professor-o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlarning mehnat va boshqa ta’tillari, o‘quv ishlari bo‘yicha xizmat safarlarining hisobini yuritadi;
    •    talabalar o‘quv varaqalarini vaqtida va to‘g‘ri to‘ldirilib borilishini nazorat qiladi.