English English English

Samandarova Go‘zalxon Qudrat qizi Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi.

  26.10.2024 14:00:40    2



Samandarova Go‘zalxon Qudrat qizi  Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi.


IKKI YILDAN SO‘NG
 
Xorazmga ketaman bir kun,
Yuragingiz men bilan ketar.
To‘xtamasdan almashar tun, kun,
Ruhingizni iztirob yutar.
 
Yutar g‘amlar domiga tortib,
Ko‘ksingizda sovrilar orzu.
Qalbingizga yolg‘onlar ortib,
To‘lab bo‘lmas, eng katta qarz bu.
 
Bir umrga bo‘lmaydi diydor,
Siylanmaydi nigohlarimiz.
Ko‘zingizni qarog‘i humor,
Kechirilmas gunohlarimiz.
 
Gunohkormiz ishqning oldida,
Ranjib qoldi bizdan muhabbat. 
Omad qo‘ldan tushib qoldi-da,
Yashirinib oldi bizdan baxt.
 
Belingizda belbog‘ingizga,
Mening ismim yozilmas endi.
Kulib turgan yanog‘ingizga,
O‘zgasining ifori qo‘ndi.
 
Meni yo‘qlab borolmaysiz ham,
Yo‘llar ayro, taqdirlar ayro.
Dunyo shunday to‘liq emas, kam,
Bitta kamim sizsizdir, tanho.
 
Kelar bo‘lsak dunyoga qayta,
Bizga imkon bersa Xudoyim.
Taqdirimga shukurlar ayta,
Qalbda so‘nmas, hech ham duoyim.
 
Inoyatga bo‘lsak muyassar,
Shahrim bo‘lsin sizni shahringiz.
Ishqim shunday o‘jar va qaysar,
Uyimga tegib, tursin uyingiz!!!