Tabiiy fanlar kafedrasi
10.10.2024 17:30:10 38
Fakultet dekani: Abdullayev Nodirxon Jo'rahonovich
email: nodirxon_Abdullayev@.namspi.uz
Telegram: @KIMYO1789
Telefon: +998 97 828 17 89
Qabul kunlari: seshanba-juma, 14:00-17:00
Namangan davlat pedagogika institutining Tabiiy fanlar kafedrasi 2024 yil 1-apreldan Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasidan ajralib chiqqan bo‘lib, Hozirgi kunda kafedra mudiri lavozimida kimyo fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), katta o’qituvchi N.J.Abdullayev faoliyat yuritmoqda.
Kafedra asosan fakultet doirasida, qisman fakultetlararo faoliyat olib boradi.
Kafedra tarkibi asosiy shtatlarda 14 nafar, tashqi va ichki o’rindoshlik asosida 8 nafar professor – o’qituvchilardan iborat. Shulardan, 2 nafar fan doktori, dotsent, 5 nafari fan nomzodi va dotsentlar, 5 nafar falsafa doktori (PhD), katta o`qituvchilar, 5 nafar stajiyor-oqituvchilar faoliyat olib borishmoqdi. Ilmiy salohiyat 66 % ni tashkil etadi.
Tabiiy fanlar kafedrasi Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tarkibiy bo’linmasi hisoblanib, institutning 60110800 – Kimyo, 60110800 – Biologiya va 60111000 – Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari hamda boshqa pedagogik ta’lim yo‘nalishlarida dars mashg’ulotlarini olib boradi.
60110800 – Biologiya mutaxassisligi bo’yicha kechki ta’lim mavjud.
Kafedra professor – o’qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy – tadqiqot ishlari yo’nalishlari quyidagicha:
Biologiya fanlarini o’qitishda innovatsion metodlar va muammolar; Geografiya fanlarini o’qitishda zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalanish;
Kimyo fanlarini o’qitishda kimyo fanini o’qitishning zamonaviy uslub va metodlari
Kafedrada talabalarning «Yosh biolog», «Kimyogar» va «Geograf tadqiqotchi» nomli ilmiy to’garaklar faoliyat ko’rsatadi. To’garak 80 dan ortiq talabalarni qamrab olgan. Ular ishtirokidagi 50 dan ortiq maqolalar va tezislar ilmiy jurnallar va anjumanlar to’plamlarida chop etilgan.