info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar Собрания

NAMDPIda OTA-ONALAR YIG‘ILISHI TASHKIL ETILDI

Namangan davlat pedagogika institutida Ijtimoiy fanlar fakultetining Tarix va milliy g‘oya yo‘nalishi 1-kurs talabalari ota-onalari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.

17 октября 2026 Собрания 99 просмотров

Namangan davlat pedagogika institutida Ijtimoiy fanlar fakultetining Tarix va milliy g‘oya yo‘nalishi 1-kurs talabalari ota-onalari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishtiroki, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamolotida institut va oila hamkorligini yanada mustahkamlashdan iborat.

Uchrashuv davomida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sifati, intizom va odob-axloq qoidalariga rioya etish, shuningdek, yoshlarning kelajakdagi maqsad va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida ta’lim samaradorligini oshirish, talabalarning bilim olishi va har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida institut hamda ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Oila va ta’lim hamkorligi — barkamol avlod tarbiyasining muhim omili!


 

Поделиться статьёй
ODINA YUSIFJANOVA
Maqola muallifi

ODINA YUSIFJANOVA

Нашли ошибку? Выделите текст и нажмите Ctrl + Enter