Наманганский государственный педагогический институт
Источник: https://namspi.uz/ru/1064
TURIZM VA MEHMONDO'STLIK YO'NALISHI TALABALARI UCHUN NAMANGAN VILOYATI GIDLAR UYUSHMASI RAISI KAMOL BEKMATOV BILAN DAVRA SUHBATI O'TKAZILDI
22 октября 2026
Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Turizm va mehmondo'stlik yo'nalishi 1-kurs talabalari uchun kasbiy bilim va amaliy ko'nikmalarni mustahkamlash maqsadida Namangan shahrida joylashgan 7 ta mehmonxona bosh menejiri bilan "Turizm bozori: turistga nima sotamiz?" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Davra suhbatida Namangan viloyati Gidlar uyushmasi raisi Kamol Bekmatov ham ishtirok etib, turizm sohasining bugungi holati va istiqbollari haqida so'zlab berdi. Mehmonxona menejirlari esa o'z faoliyatida turistlarga ko'rsatiladigan xizmat sifati, mehmonlarni kutib olish madaniyati hamda zamonaviy xizmat standartlari xususida fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida viloyatning turistik salohiyati, tarixiy va madaniy obyektlari, milliy hunarmandchilik, an'anaviy taomlar hamda ularni turistlarga taqdim etish usullari muhokama qilindi. Talabalar turizm bozorida raqobatbardosh bo'lish, mijozlar bilan ishlash, xorijiy tillarni bilish va gidlik kasbining ahamiyati haqida amaliy tavsiyalar oldilar.
Ushbu davra suhbatida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir yakunida ishtirokchilar bunday uchrashuvlar kasbiy bilimlarni boyitish va kelajakdagi faoliyatga tayyorgarlikda muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidlab, mehmonlarga minnatdorchilik bildirdilar.