info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Новости

ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI UCHUN SARALASH BOSQICHIDA TALABALARIMIZ MUVAFFAQIYAT QOZONDI

Zulfiya nomidagi davlat mukofotining shahar bosqichida o‘tkazilgan saralash tanlovida Namangan davlat pedagogika instituti talabalari munosib ishtirok etib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

22 октября 2026 Новости 22 просмотров

Zulfiya nomidagi davlat mukofotining shahar bosqichida o‘tkazilgan saralash tanlovida Namangan davlat pedagogika instituti talabalari munosib ishtirok etib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Jumladan, magistratura va bakalavriat bosqichlarida tahsil olayotgan Nabixanova Masturaxon, Yusupova Nargiza hamda Qo‘chqarova A’loxon tanlovning navbatdagi bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu natija talabalarning bilim va salohiyati, intilishi hamda o‘z ustida olib borayotgan izlanishlarining samarasi hisoblanadi.

Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi talabalarimizni erishgan yutuqlari bilan samimiy tabriklaydi. Ularga tanlovning keyingi bosqichlarida omad, kuch-g‘ayrat va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Источник: https://t.me/namspii

Поделиться статьёй
SHAXZODA IBRAGIMOVA
Maqola muallifi

SHAXZODA IBRAGIMOVA

Нашли ошибку? Выделите текст и нажмите Ctrl + Enter