info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Новости

Ikki shahar — bir do'stlik tili

O'zbek tili bayrami munosabati bilan Belarus davlat pedagogika universiteti (BGPU) hamda Namangan davlat pedagogika instituti hamkorligida Zoom platformasi orqali xalqaro onlayn uchrashuv o'tkazildi.

23 октября 2026 Новости 35 просмотров

Uchrashuvda Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Rus tili va adabiyoti yo'nalishi 2-kurs RUA-AR 25 va RUA-BR 25 guruhlari talabalari faol ishtirok etdi.
Tadbirni Belarus davlat pedagogika universiteti O'zbek madaniyati markazi rahbari, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S. Ya. Yermolich hamda Namangan davlat pedagogika instituti vakili L. Sh. Nexochina olib bordi.
Tadbirda O'zbekiston elchisi ham ishtirok etib, o'zbek tilining ahamiyati, ikki mamlakat o'rtasidagi do'stlik va hamkorlik aloqalari haqida so'z yuritdi. Tadbir davomida milliy raqslar va milliy musiqalarimiz ijro etilib, ishtirokchilarga o'zbek xalqining boy madaniyatini namoyish qilindi.
Uchrashuv ikki davlat yoshlari o'rtasidagi do'stlikni mustahkamlash, o'zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishga xizmat qildi.

Источник: https://t.me/namspii

Поделиться статьёй
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Нашли ошибку? Выделите текст и нажмите Ctrl + Enter