info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Ekofaol talabalar

“Eko-Zakovat” intellektual o‘yini – bilimdon talaba-qizlar bahsida!

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan davlat pedagogika instituti boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida ekologik bilim va tafakkurni mustahkamlash maqsadida “Eko-Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

10 июня 2025 Ekofaol talabalar 76 просмотров

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan davlat pedagogika instituti boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida ekologik bilim va tafakkurni mustahkamlash maqsadida “Eko-Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.




 

Tadbirni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi raisi B. Umarov ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

O‘yinda jami 17 ta jamoa faol ishtirok etdi. Bellashuvlar yakuniga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:

1-o‘rinBarkamol avlod
2-o‘rinBelladonna
3-o‘rinEko Kompas

G‘olib jamoalar diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Mazkur intellektual o‘yin talaba-qizlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, jamoaviy fikrlash va bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.


 

❮ ❯

Поделиться статьёй
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Нашли ошибку? Выделите текст и нажмите Ctrl + Enter