Наманганский государственный педагогический институт
Источник: https://namspi.uz/ru/777
“Maktabgacha, boshlang‘ich va pedagogika oliy maktabi”da yangi o‘quv yilining ochilish marosimi o‘tkazildi
07 сентября 2026
Namangan davlat pedagogika institutining “Maktabgacha, boshlang‘ich va pedagogika oliy maktabi”da 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi hamda 1-kurs talabalarini kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut rahbariyati, faxriy mehmonlar, professor-o‘qituvchilar, ustozlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Marosimni institut rektori Bahodir Xusanov ochib berib, yangi o‘quv yili bilan jamoani hamda talabalik safiga qabul qilingan 1-kurs yoshlarini samimiy tabrikladi.
Rektor o‘z nutqida talabalarga yaratilgan zamonaviy ta’lim sharoitlari va imkoniyatlardan samarali foydalanish, puxta bilim egallash hamda institut hayotida faol ishtirok etish muhimligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng “Nuroniy” jamg‘armasi Namangan viloyati bo‘limi raisi, senator Ikromxon Najmiddinov so‘zga chiqib, talabalarni hayotlaridagi yangi va mas’uliyatli bosqich bilan qutladi. U yoshlarning bilim va izlanishlari kelgusida yurt taraqqiyotiga munosib hissa bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Tantanali marosim yangi o‘quv yilini yuqori kayfiyatda boshlagan 1-kurs talabalari uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.