info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Новости 4+2 amaliyoti

Tarix yo‘nalishi talabalari 4+2 amaliyotini boshladi

Namangan davlat pedagogika instituti Tarix yo‘nalishining 3-kurs talabalari 4+2 amaliyoti doirasida Namangan shahridagi 4-sonli IDIUMda amaliy mashg‘ulotlarni boshladi.

26 сентября 2026 4+2 amaliyoti 128 просмотров

Namangan davlat pedagogika instituti Tarix yo‘nalishining 3-kurs talabalari 4+2 amaliyoti doirasida Namangan shahridagi 4-sonli IDIUMda amaliy mashg‘ulotlarni boshladi.

Amaliyot davomida talabalar tarix fani darslarini kuzatadi, o‘quvchilar bilan ishlash, mashg‘ulotlarni rejalashtirish va tashkil etish hamda zamonaviy pedagogik metodlarni qo‘llash bo‘yicha tajriba orttiradi. Bu jarayon ularning institutda olgan nazariy bilimlarini maktabdagi faoliyat bilan bog‘lashga xizmat qiladi.

Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, amaliyot rahbari B. Mallabayev hamda maktab direktori E. Tursunov talabalarga amaliyotni samarali tashkil etish yuzasidan tavsiyalar va yo‘riqnomalar berdi.

4+2 amaliyoti bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalari va pedagogik mahoratini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.

Источник: https://t.me/namspii

Поделиться статьёй
SHAXZODA IBRAGIMOVA
Maqola muallifi

SHAXZODA IBRAGIMOVA

Нашли ошибку? Выделите текст и нажмите Ctrl + Enter