info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Студенческая жизнь Новости

TALABALAR HOLIDAN XABAR OLINDI

Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlari T.Ismanov va I.Shavdarov tomonidan ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olindi.

15 октября 2026 Новости 52 просмотров


Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlardagi xavfsizlik holati, ijtimoiy-maishiy sharoitlari hamda ta’lim olish jarayoni bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.
Talabalar bilan samimiy suhbat tashkil etilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.

Shuningdek, kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning oldini olish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday tashriflar talabalarning yashash sharoitlarini doimiy nazorat qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish va ta’lim olishlari uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi.

 

 

Источник: https://t.me/namspii

Поделиться статьёй
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Нашли ошибку? Выделите текст и нажмите Ctrl + Enter