Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1003
“EL-YURT UMIDI” JAMGʻARMASI NAMANGAN VILOYATIDA TARGʻIBOT UCHRASHUVINI OʻTKAZDI
15 октябр 2026
Bugun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi vakillari va institutimiz talabalari hamda magistrantlari oʻrtasida targʻibot va tushuntirish uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda jamgʻarma masʼullari yoshlarga dunyoning yetakchi OTMlarida bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida davlat granti asosida taʼlim olish imkoniyatlari, stipendiya tanlovlarining talablari hamda hujjat topshirish tartibi haqida batafsil maʼlumot berishdi.
Tadbirlar davomida institutmizning talabalari va magistrantlari faol ishtirok etishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.