info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Talabalar turar joyi faoliyati

TALABALAR XAVFSIZLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA

Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani Z. Abdullayev, dekan o‘rinbosari S. Dadaboyev hamda profilaktika inspektori S.Axmadjonovlar hamkorligida Sharq tongi MFYda joylashgan talabalar turar joyiga tashrif buyurildi.

16 октябр 2026 Talabalar turar joyi faoliyati 19 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani Z. Abdullayev, dekan o‘rinbosari S. Dadaboyev hamda profilaktika inspektori S.Axmadjonovlar hamkorligida Sharq tongi MFYda joylashgan talabalar turar joyiga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishilib, ularning holidan xabar olindi. Shuningdek, talabalar turar joyining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilib, sovuq kunlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli noxush holatlarning oldini olish, yong‘in va is gazidan zaharlanish xavfsizligi qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Suhbat jarayonida talabalarga mavjud sharoitlardan oqilona foydalanish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish hamda biror muammo yoki kamchilik yuzaga kelganda mas’ul xodimlarga o‘z vaqtida murojaat qilish tavsiya etildi.

Bunday tashriflar talabalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularning xavfsizligi hamda farovon yashash sharoitlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
 

Manbaa: https://t.me/namspi.uz

Maqolani ulashing
OZODA TURSUNBOYEVA
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing