Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1017
BILIM VA ZAKOVAT — ZARARLI ILLATLARGA QARSHI ENG KUCHLI QALQON
17 октябр 2026
BILIM VA ZAKOVAT — ZARARLI ILLATLARGA QARSHI ENG KUCHLI QALQON
Namangan davlat pedagogika institutida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurash oyligi” doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlari M. Ro‘zimotova va K. Nasriddinovalar, Obi Hayot MFY yoshlar yetakchisi A. Rahimov, profilaktika inspektori A. Mamadaliyev hamda xotin-qizlar faoli R. Radkaliyeva hamkorligida Obi Hayot MFY hududida joylashgan talabalar turar joyida yashovchi Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Intellektual o‘yin davomida talabalar turli yo‘nalishlardagi savollar orqali o‘z bilim va dunyoqarashlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilar o‘rtasida jamoaviy hamkorlik, tezkor fikrlash, mantiqiy tahlil qilish va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
O'YIN YAKUNLARIGA KO'RA:
🥇1-o‘rin — “Kamelot” jamoasi;
🥈2-o‘rin — “Adolat” jamoasi;
🥉3-o‘rin — “Leaders” jamoasi.
Mazkur tadbir talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini mustahkamlashga xizmat qildi.
Zakovat — tafakkur, bilim va jamoaviy hamkorlik maydoni!