info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

“SOG‘LOM HAYOT — SOG‘LOM KELAJAK” MAVZUSIDA TADBIR TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 19-oktabr kuni Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi tyutori hamda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamkorligida oktabr oyida o‘tkazilayotgan giyohvandlikka qarshi kurashish va narkojinoyatchilikning oldini olish oyligi doirasida Biologiya yo‘nalishining 2-kurs talabalari ishtirokida “Sog‘lom hayot — sog‘lom kelajak” mavzusida tadbir tashkil etildi.

19 октябр 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 5 marta ko‘rilgan

Joriy yilning 19-oktabr kuni Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi tyutori hamda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamkorligida oktabr oyida o‘tkazilayotgan giyohvandlikka qarshi kurashish va narkojinoyatchilikning oldini olish oyligi doirasida Biologiya yo‘nalishining 2-kurs talabalari ishtirokida “Sog‘lom hayot — sog‘lom kelajak” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillari, foydali va zararli oziq-ovqat mahsulotlarining inson salomatligiga ta’siri, salatlar, ho‘l va quritilgan mevalarning foydali xususiyatlari haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, muntazam jismoniy faollik bilan shug‘ullanish hamda zararli odatlardan, xususan, giyohvandlikdan yiroq bo‘lishning ahamiyati alohida ta’kidlandi. 

Mazkur tadbir talaba-yoshlarning sog‘lom turmush tarzi borasidagi bilimlarini oshirish, ularda sog‘lom hayot kechirish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha va ogohlikni kuchaytirishga xizmat qildi.

Manbaa: https://t.me/namspi.uz

Maqolani ulashing
OZODA TURSUNBOYEVA
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing