info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

ONA TILIM – MILLATIM FAXRI!

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Filologiya kafedrasi tashabbusi asosida talaba-yoshlar ishtirokida “Til – millat ko‘zgusi” shiori ostida tonggi viktorina tashkil etildi.

20 октябр 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 7 marta ko‘rilgan


Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirning asosiy maqsadi yoshlarda ona tiliga bo‘lgan muhabbat va hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, o‘zbek tilining boy tarixi, bebaho adabiy merosi hamda davlat tili sifatidagi nufuzini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
Viktorina davomida talabalarga o‘zbek tili tarixi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosi, tilshunoslik va adabiyotga oid qiziqarli savollar taqdim etildi. Ishtirokchilar o‘z bilimlari, topqirligi va hozirjavobligini namoyon etib, tadbirda faol qatnashdilar.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan mazkur viktorina talaba-yoshlarning bilimlarini sinovdan o‘tkazish bilan birga, ularda milliy qadriyatlarga sadoqat, ona tilimizga ehtirom va ma’naviy merosimizga daxldorlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing