info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

21-OKTABR — O‘ZBEK TILI DAVLAT TILI!

Ona tilim — millatim faxri, ma’naviyatim ko‘zgusi!21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Maktabgacha ta’lim kafedrasi tashabbusi bilan Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich MTM CU-26-guruh talabalari hamda kafedra o‘qituvchilari Shakirova Muazzam va Yuldashaliyeva Asalxon boshchiligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

21 октябр 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 21 marta ko‘rilgan

Tadbir davomida ona tilimizning boyligi, go‘zalligi va betakror imkoniyatlarini namoyon etishga qaratilgan qiziqarli, interfaol topshiriqlar bajarildi. Jumladan:
«Sinonimlar daraxti» — so‘z boyligini oshirish va sinonim so‘zlarni topish;
«Rasmdagi asarlar» — adabiy asarlarni rasmlar orqali aniqlash va adabiyotga bo‘lgan qiziqishni mustahkamlash;
«O‘zbekcha gaplashaylik» — ona tilida ravon, to‘g‘ri va chiroyli so‘zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbirda o‘qituvchilar va talabalar faol ishtirok etib, o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etdilar. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan ushbu tadbir barchada ona tilimizga bo‘lgan mehr, hurmat va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing